Adliya organlari va muassasalarida ish yuritishni lotin alifbosiga to‘liq o‘tkazish to‘g‘risida
Download 208.51 Kb. Pdf ko'rish
|
294-ум
- Bu sahifa navigatsiya:
- Адлия вазири R.DAVLETOV Киритилди
01.11.2021 йил Adliya organlari va muassasalarida ish yuritishni lotin alifbosiga to‘liq o‘tkazish to‘g‘risida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, BUYURAMAN: 1. 2021-yilning 10-noyabrdan boshlab markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari, adliya organlari va muassasalarida ish yuritish, ta’lim jarayonlari to‘liq lotin alifbosida amalga oshirilsin. 2. 2021-yilning 1-dekabrga qadar: Kadrlar boshqarmasi (Sh. Qo‘chqorov) adliya organlari va muassasalarida lotin alifbosida matn yozish va ish yuritishga qiynaladigan xodimlarni aniqlasin va zarurat tug‘ilganda ularni Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida o‘qitish choralarini ko‘rsin; ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi (Sh. Soatova) lotin 294 ум-сон alifbosida matn yozish va ish yuritishga qiynaladigan xodimlar uchun “Telegram”da maxsus guruh ochib, xodimlarga amaliy- uslubiy ko‘mak berib borsin. 3. Ishlar boshqarmasi (Z. Tulyaganov), adliya organlari va muassasalari rahbarlari kelgusida peshlavhalar, turli ko‘- rinishdagi devoriy materiallarni lotin alifbosida tayyorlanishini ta’minlasin. 4. 2022-yil 1-yanvarga qadar “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (Sh. Yaminov), adliya organlari va muassasalari rahbarlari oʻz faoliyatida foydalaniladigan ish yuritishga oid dasturiy ta’minotlarning (rasmiy veb-saytlar, hujjat aylanish tizimlari va h.k.) lotin alifbosidagi shaklini joriy etsin. 5. Mazkur buyruqda belgilangan vazifa va tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va samarali bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik tarkibiy bo‘linma rahbarlari zimmasiga yuklansin. 6. Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi (S. Urinbayeva) adliya organlari va muassasalarida lotin alifbosida ish yuritish jarayonini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishini ta’minlasin. 7. Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi (A. Buriyev) mazkur buyruqni vazirlikning manfaatdor tarkibiy bo‘linmalariga yetkazsin. 8. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman. Тошкент шаҳар Адлия вазири R.DAVLETOV Киритилди: Вазир маслаҳатчиси SH.SAGATOVA Келишилди: Бошқарма бошлиғи SH.KUCHKAROV Бошқарма бошлиғи A.BURIYEV Адлия вазири ўринбосари X.MELIYEV Бошқарма бошлиғи Z.TULYAGANOV Бўлим бошлиғи S.URINBAYEVA Директор SH.YAMINOV Download 208.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling