Adliya vazirligi markaziy apparati hamda hududiy


Download 237.65 Kb.
bet8/27
Sana16.06.2023
Hajmi237.65 Kb.
#1500895
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
WORD SAVOLLAR

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishish deganda nimani tushunasiz?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning muqaddima qismida nimalar ko‘rsatilishi mumkin? Misollar bilan tushuntirib bering.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishi deganda nimani tushunasiz? Fikringizni aniq misollar bilan tushuntirib bering.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat qanday hollarda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin? Tushuntirib bering.
Agar ikkita vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lsa, u holda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun qaysi biri qo‘llaniladi?
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlarining rasmiy matnini tasdiqlash kim tomonidan amalga oshiriladi?
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga kiritganlik uchun qonunchilikda qanday javobgarlik mavjud?
Normativ-huquqiy hujjatlar qachondan boshlab kuchga kiradi?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi tartibini tushuntirib bering.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar hisoblangan umumiy texnik reglament hamda maxsus texnik reglamentning o‘zaro farqli jihatlarini tushuntirib bering.
Qanday masaladagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak?
Qanday masaladagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili va O‘zbekiston Respublikasi Savdo- sanoat palatasi bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak?
Qonunchilik hujjatlari o‘zgarganda Adliya vazirligi idoraviy normativ- huquqiy hujjatlarni yuqori turuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun qanday harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega? Fikringizni aniq misollar bilan tushuntirib bering.
Qanday hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga qog‘oz ko‘rinishida taqdim etilish mumkin?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish deganda nimani tushunasiz? Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qanday hollarda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim?
Vazirlik va idoralarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolati deganda nimani tushunasiz?
Vazirlik va idoralar qonunchilik hujjatlari bilan o‘zlariga berilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish vakolatini qanday hollarda boshqa organlarga berishi mumkin? Fikringizni asoslantirib bering.
Tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan, rasmiy veb-saytlarda e’lon qilinmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik sub’ektlariga qanday javobgarlik choralari qo‘llanishi mumkin?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish tartibini tushuntirib bering.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda qiyosiy jadval tayyorlanishi lozim. Qiyosiy jadval qanday shaklda tuziladi va unda nimalar aks ettiriladi?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning yuridik xizmati qanday vazifalarni amalga oshiradi?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va ularning matnlarini tarqatish deganda nimani tushunasiz?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni kelishish davomida vazirlik va idoralar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, bunday kelishmovchiliklar qanday tartibda hal etiladi?
Qonunchilik hujjatlari o‘zgarganda Adliya vazirligi amaldagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan qanday harakatlarni amalga oshirishi mumkin?
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat qoidalarini qo‘llagan holda to‘liq sharh berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, uni qabul qilgan vazirlik va idoralar tomonidan qanday harakatlar amalga oshiriladi?
Yo‘nalishi: Qonunchilikni hujjatlarini tahlil qilish, tartibga solish ta’sirini baholash va huquqiy axborot sohasi


Qonunchilik hujjatlari va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash nima?
Qanday toifadagi normativ-huquqiy hujjatlar majburiy tartibda tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkaziladi?
Qaysi hollarda normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat TSTBdan, shu jumladan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilmaydi?
Qonunchilik hujjatlari va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashda manfaatdor tomonlar deganda kimni tushunasiz?
Qonunchilik hujjatlari va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash nima maqsadda o‘tkaziladi?
Qonunchilik hujjatlari va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashda axborot manbalariga nimalar kiradi?
Qanday asoslarga ko‘ra, qonunchilik hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishidan oldin (rejalashtirish vaqtida) ularning konsepsiyasi TSTBdan o‘tkaziladi?
Qanday holatda loyiha jamoatchilik muhokamasiga takroran qo‘yiladi?
Qonunchilik hujjatlari va ular loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisoboti qaysi organlar bilan kelishilishi lozim?
Qonunchilik hujjatlari loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisoboti qachon Adliya vazirligiga kiritiladi?
Qonunchilik hujjatlari loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisoboti kiritilganda Adliya vazirligi tomonidan qanday masalalar o‘rganiladi?
Qaysi toifadagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkaziladi?
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar qancha muddatdan keyin tartibga solish ta’sirini baholashdan takroran o‘tkaziladi?
Normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish rejasi qanday shakllantiriladi?
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan to‘ldirilgan TSTB bo‘yicha hisobotda qanday ma’lumotlar aks ettirilishi kerak?
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan to‘ldirilgan TSTB bo‘yicha hisobotni jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish tartibi qanday?
Adliya vazirligi tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ sifatida qanday vazifalarni amalga oshiradi:
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholashda miqdoriy ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholashda sifat ko‘rsatkichlar deganda nimani tushunasiz?
Tartibga solish ta’sirini baholashda qanday usullardan foydalaniladi?
Tartibga solish ta’sirini baholashda «ex-ante» usuli haqida gapirib bering.
Tartibga solish ta’sirini baholashda «ex-post» usuli haqida gapirib bering.
«Ex-ante» usuli bo‘yicha tartibga solish ta’sirini baholashda muammoni tahlili qanday amalga oshiriladi? Unda qanday masalalar o‘rganilishi kerak?
Tartibga solinishi kerak bo‘lgan sohada davlat aralashuvining zarurati qanday sabablarni o‘z ichiga olishi mumkin? Fikringizni misollar bilan izohlang.
Tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobot to‘ldirishda tartibga solish orqali erishilishi lozim bo‘lgan maqsadlarni belgilash, unga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida gapirib bering.
Tartibga solishning boshqa muqobil vositalari o‘rganilganida, qo‘shimcha ravishda qanday muqobil usullar majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi kerak:
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining raqobat muhitiga ta’sirini baholash to‘g‘risida gapirib bering.

Download 237.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling