Ado. Net vositalari orqali dbga ulanishlar, sql
Download 95.06 Kb.
|
1-dars(Entity Framework) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Entity Framework
- Manage NuGet Packages...
Entity Framework ning muhim jihatlaridan biri DB ma’lumotlar ustida LINQ so’rovlarini amalga oshirish imkoniyati hisoblanadi. LINQ orqali nafaqat DBdagi
jadvallarida saqlanayotgan ma’lumotlarni, balki turli assotsiativ aloqaga ega bo’lgan ob’ektlarni ham olishimiz mumkin. Entity Framework ning asosiy tushunchalaridan biri Entity Data Model hisoblanadi. Ushbu model loyihadagi elementlarga mos klasslarni DBdagi jadvallarga mos qo’yadi. Entity Data Model uchta darajadan iborat: konseptual, saqlagich va moslashtirish. Konseptual darajada dasturda ishlatiladigan element klasslari aniqlanadi. Saqlagich darajasida jadvallar, ustunlar, jadvallar va ma’lumotlar tiplari o’rtasidagi munosabat aniqlanad. Mos qo’yish darajasi yuqoridagi ikkita darajani o’zaro bog‘lovchi komponent bo’lib, element klass xususiyatlari va jadval ustunalari o’rtasida moslik o’rnatiladi. Natijada biz loyihadagi klasslar orqali DBdagi jadvallar bilan ishlashimiz mumkin. Ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanish usullari Entity Framework da DB bilan ishlashda uchta usuldan foydalanish mumkin: Database first: Entity Framework оrqali muayyan DB modeliga mos klasslar to’plami generatsiya qilinadi; Model first: dasturchi avvalo ma’lumotlar modelini hosil qiladi, so’ngra Entity Framework serverda real DBni hosil qiladi; Code first: dasturchi DBda saqlanish lozim bo’lgan ma’lumotlar modelini hosil qiladi. So’ngra Entity Framework ushbu model asosida DBda mos jadvallarni generatsiya qiladi. Entity Framework asosida yaratilgan birinchi loyiha. Code First yondashuvchi. Entity Framework bilan ishni boshlashdan avval, VS 2013 da birinchi loyihani yaratishimiz lozim. Buning uchun VS 2013 muhitini ishga tushirib, loyiha turidan Console Applicationni tanlaymiz: So’ngra loyihamizga ma’lumotlarni ifodalovchi yangi klassni qo’shamiz. Biz yaratayotgan loyiha dastur foydalanuvchilari bilan bog‘liq bo’lsin. Shuning uchun loyihamizga yangi User klassini hosil qilamiz: public class User { public int Id { get; set; } public string Name { get; set; } public int Age { get; set; } } Ushbu klass bir nechta avto xususiyatlarni o’zida saqlaydi. Har bir xususiyat DBdagi jadvalning muayyan ustuniga mos tarzda shakllantirilishi lozim. Entity Framework da Code First yondashuv asosida ish ko’rilganda, DB jadvalining birlamchi kalitini ko’rsatishni talab qilinadi. DB generatsiya qilinayotganda Entity Framework birlamchi kalit sifatida Id yoki [Klass_nomi]Id kabi formadagi xususiyatlarni tushunadi. Bizning misolda ushbu turdagi xususiyat Id hisoblanadi. Agar biz kalitni boshqa ustun deb ko’rsatmoqchi bo’lsak, C# tilida qo’shimcha mantiqni tashkil qilishimiz lozim. Endi DB bilan ishlash uchun ma’lumotlar kontekstidan foydalanamiz. Ma’lumotlar konteksti DB va loyiha klasslari o’rtasida vositachi hisoblanadi. Bizning loyihada Entity Framework uchun biblioteka qo’shib qo’yilmagan. Entity Framework bibliotekasini qo’shish uchun loyiha nomiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, menyudan Manage NuGet Packages... qismni tanlash lozim: So’ngra, hosil qilingan muloqot oynasidan NuGet-paketlari bilan ishlash uchun "Entity" kalit so’zini izlash qismiga kiritib, hosil qilinga ro’yxatdan Entity Framework ni tanlaymiz va o’rnatamiz: Loyihamizda Entity Framework paketi o’rnatilgach, yangi UserContext klassini hosil qilamiz: using System; using System.Collections.Generic; using System.Data.Entity; namespace FirstEF6App { class UserContext : DbContext { public UserContext() : base("DbConnection") { } public DbSet } } Download 95.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling