4.3. Texnogen xarakterdagi favqulodda holatlarning sodir bo’lishi
Texnogen halokatlar. Katta hududlarda portlash, yong’in, radioaktiv, ximiyaviy va biologik zararlanishlarni hamda insonlar hayotiga xavf solib, guruhli o’limlarga olib keluvchi, ishlab chiqarish jarayonining keskinishdan chiqishi bilan kechadigan hodisalar, ya’ni mashina va mexanizmlarni qo’qqisdan, kutilmaganda foydalanish davrida ishdan chiqib avariya hamda halokatlarga olib kelishi texnogen halokatlar deb ataladi.
Texnogen halokatlarga sanoat ob’yektlaridagi, qurilish, temiryo’l, havova avtomobil transporti, suv transportidagi quvurlar, gaz-neft quvurlari va boshqa shu kabi obyektlardagi avariyalar misol bo’ladi. Bunday avariyalar natijasida yong’inlar va portlashlar kelib chiqishi, aholi yashash va sanoat binolarining buzilishi, radiatsion, ximiyaviy va biologik zaharlanishlar vujudga kelishi, har xil avariyalar oqibatida neft mahsulotlari va zaharli moddalarni oqishi bilan yer, suv va havoning ifloslanishi, aholi hayotiga va atrof-muhitga katta xavf tug’ilishi ro’y beradi.
Texnogen halokatlar tashqi tabiiy omillar ta’sirida, jumladan, tabiiy ofatlar oqibatida, bino va inshootlarni loyihaviy va ishlab chiqarish nuqsonlari, kamchiliklari va ishlab chiqarish texnologiyasini buzilishi natijasida ro’y berishi mumkin.
III bob bo’yicha xulosa
Xulosa qilib aytganimizda hozirgi paytda ishlab chiqarish korxonalaridan transport vositalaridan va boshqa shu kabilardan atmosferaga chiqarilayotgan zaharli va zararli moddalarning soni kundan kun kÿpayib bormoqda. Yuqorida keltirib ÿtgan zaharli moddalar barcha tirik organizmlarga salbiy ta’sir kÿrstishi barchamizga ma’lum. Atmosfera havosini, suv xavzalarini toza saqlash inson salomatligi bilan uzviy bog’:liq bÿlgan muhim vazifa .hisoblanadi. Shyning uchun ham halk. xÿjaligining barcha tarmoqlariga taalluqli bÿlgan muhim qonunlar qabul qilingan, tadbirlar ishlab chiqilgan. Kelajakda atrof-muhitni, tabiat muhofazasini yaxshilash, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish haqida qarorlar qabul qilingan. Zararli aralashmalar (gaz, bug’, chang) ni yetarli darajaga tozalamasdan turib tartibli yoki tartibsiz usulda tashqi muhitga chiqarish natijasida atmosfera havosi ifloslanadi. Havoning ifloslanishi halq xÿjaligiga katta zarar keltirmokda. Inson, ÿsimliklar, hayvonlarning kasallanishi, inshoat va qurilmalarning yemirilishi, qimmatli xomashyoning sababsiz isrof bÿlish hollari sezilmokda. Bu muammolarni hal etish kimyogarlarning zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |