Аёллар борасида ҳам Суқротнинг омади юришмаган. Гарчи икки марта уйланган бўлса-да, оилавий бахтга эришолмаган
Download 86.81 Kb.
|
Суқрот (
SUQROT HIKMATLARI
* * * Suqrot oila haqidagi qarashlarini mana bu hikmatga jo etgandi: «Uylanasanmi, uylanmaysanmi — baribir pushaymon yeysan». * * * «Navqironlik chog‘larimda tabiatni kuzatish mening eng sevimli mashg‘ulotim edi, — deydi Suqrot. — Har bir hodisa meni ajablantirar, hayratga solardi: tug‘ilish, o‘lish, mavjudlikning boisi ne?.. Men olamning bir burchidan kirib, ikkinchi bir burchidan chiqarkanman, o‘zimga o‘zim birinchi navbatda shunday savollar berardim: «Tirik mavjudotlar, ba’zi odamlar o‘ylaganidek, issiqlik va sovuqlikning bir-biriga o‘zaro ta’sir etib, chirish jarayoni yuzaga kelishi oqibatida paydo bo‘lmasmikan? Inson qay tarzda fikr yuritadi? Qon yordamidami, havo yoki olov vositasidami?» Bundan tashqari, o‘zimning bu taxlit tadqiqotlarga yaroqsiz ekanimni anglash uchun butun borliq, fazo va Yerdagi o‘zgarishlar haqida tinimsiz o‘y suraverardim». * * * Suqrotning ba’zi harakatlari atrofdagilarni hayratga solgan. Bir kuni u ko‘chada o‘spirin Ksenofantga duch kelib qoldi. Yigitchadagi botiniy iste’dodni ilg‘agan faylasuf qo‘lidagi hassasi bilan uning yo‘lini to‘sdi. — Menga ayt-chi, — so‘radi Suqrot, — unni qaerdan sotib oladilar? — Bozordan, — javob berdi Ksenofant. — Yog‘ni-chi? — Uni ham bozordan xarid qiladilar. — Donishmandlik va ezgulik istab qaerga boradilar? Ksenofant o‘ylanib qoldi. — Ortimdan yur, men seni o‘sha yerga olib boraman, — dedi Suqrot shunda. … Shu tariqa Ksenofant Suqrotning bir umrlik yo‘ldoshi va hamsuhbati bo‘lib qoldi. U Suqrotning o‘limidan so‘ng Aflotun kabi yangi avlodlarga ustozi haqidagi xotiralarini esdalik qilib qoldirdi. * * * Bir kuni Alkiviad Suqrotga uy qurish uchun yer maydoni in’om etish niyatida ekanligini aytdi. Suqrot unga javoban shunday dedi: «Aytaylik, menga bor-yo‘g‘i bittagina shippak kerak bo‘lsa-yu, sen menga butun boshli bir buqaning terisini in’om etsang, hammaga kulgu bo‘lib qolmaymanmi?» * * * Kunlardan bir kun Suqrotning rafiqasi Ksantippa avvaliga erini obdan koyib, so‘ng ustidan suv quyib yubordi. «Aytgandim-a, — deya g‘o‘ldiradi sho‘rlik faylasuf, — Ksantippa avvaliga momaqaldiroq bo‘lib gumburlaydi-da, so‘ng yomg‘ir bo‘lib savalaydi». Buni ko‘rgan Alkiviad Ksantippaning janjaliga dosh berib bo‘lmasligini e’tirof etadi. Suqrot Alkiviadga: — Men bu janjallarga g‘ildirakning to‘xtovsiz g‘irchillashi kabi ko‘nikib ketganman. Masalan, sen g‘ozlarning g‘ag‘illashiga toqat qilasan-ku! — Shundayku-ya, lekin buning evaziga men g‘ozlardan tuxum va go‘sht olaman, — deydi faylasufga javoban Alkiviad. — Ksantippa esa menga farzand tug‘ib beradi, — deydi Suqrot. * * * Janjalkash rafiqam men uchun go‘yo chavandozning asov oti kabidir. Asov otni bo‘ysundirolgan chavandoz har qanday tulporni bemalol minolganidek, men ham Ksantippa bilan murosa qilish vositasida o‘zga kishilar bilan osongina muomalada bo‘la olaman. * * * Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o‘zlarining toshga o‘xshab qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar. * * * Saltanat hassasini qo‘lida tutgan har qanday kishi ham hukmdor bo‘lavermaydi. Shuningdek, e’tiborli amaldorlar tomonidan saylangan, qur’a tashlab yoki zo‘ravonlik, yoinki aldov yo‘li bilan davlat tepasiga kelib qolgan kimsa ham haqiqiy hukmdor bo‘lolmagay, faqatgina saltanatni boshqarish uquvi bo‘lgan zotlargina podshohlik va hukmdorlikka loyiqdirlar». * * * Suqrot faylasuflarga ta’rif berar ekan: «Faylasuf donishmand hamda johil oralig‘idagi mavqeni egallaydi», — deydi. * * * Men bu odamdan ko‘ra donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi bir joiz va zarur narsalarni bilmasak-da, u manmanlik qiladi, men esa manmanlikdan o‘zimni tiyaman. * * * Adolat va ezgulikdan ayri tushgan har qanday bilim dog‘ulilikka aylanadi. Uni donolik, deb atash nojoizdir, — deydi Suqrot. * * * O’zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo‘lida foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi. * * * Pul ezgulikni tug‘dirmaydi, aksincha, ezgulik tufayli odamlar shaxsiy hayotda ham, jamiyatda ham pul va boshqa boyliklarga ega bo‘ladilar. * * * Rivoyat qiladilarkim, Apollodor Suqrotga o‘limi oldidan qimmatbaho libos kiyishni taklif etadi. — Nega? — deydi Suqrot Apollodorga javoban. — Bundan chiqdi egnimdagi faqirona libosim tirigimga yaroqligu, o‘ligimga yaroqsiz ekan-da?! * * * — Suqrot, afinaliklar seni o‘limga hukm etdilar, — dedilar faylasufga. Suqrot xotirjamlik bilan dedi: — Ularni esa tabiat o‘limga mahkum etdi. * * * Sud chog‘ida Suqrotga so‘z berildi. Suqrot nutqida o‘zini so‘naga, afinaliklarni esa katta, olijanob, ammo semiz va yalqov otga mengzaydi. «Bunday otlarni birorta so‘na chaqib, choptirib turishi lozim, — deydi u va bu o‘xshatishni shunday yakunlaydi: — Fikrimcha, Tangri meni kun bo‘yi butun shaharni kezib, har biringizni uyg‘otish va tinmay tanbeh berib, to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun yuborgan. So‘zlarimga ishoning, afinaliklar. Men kabilarni topish sizlarga oson bo‘lmaydi. Menga ishonsangiz, hayotimni saqlab qolasiz. Biroq siz so‘na chaqib tuyqusdan uyqudan uyg‘ongan va g‘azabga mingan odamlar kabi meni osonlik bilan urib o‘ldirishingiz ham mumkin. U holda Tangri yana kimnidir yo‘llagunga qadar qolgan umringizni g‘aflatda o‘tkazasiz». * * * «Qanday odamni baxtli sanamoq mumkin?» — degan savolga Suqrot shunday javob berdi: — O’tkir aql va teran, halol fikrlar egasi baxtiyordir. * * * Yoshlarga ko‘zguga ko‘proq boqishlarini maslahat beraman, — deydi Suqrot, — toki ularning xushsuratlari o‘z husnlarini sharmanda etmasinlar, badbasharalari esa xunukliklarini odoblari bilan bezasinlar. * * * O’z darajasiga yetolmaslik — johillikdan o‘zga narsa emas. O’z darajasidan oshmoqlik esa donolikning o‘zginasidir. Download 86.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling