9-Mavzu. Aerodromlarni ekspluatatsiya qilish asoslari. Aerodromlarni texnik ekspluatatsiya qilish. (2 soat)
Uchishlarni tashkil etish va bajarishning asosiy qoidalari. Havo trassalari. Uchish va havo kemalarining toifalari. Havo kemalarining harakatini boshqarish xizmati. Dvigatelni yondirish va havo kemasini yurgizib borish. Uchish. Aerodromga yaqinlashish va qo‘nish. Uchishlarni rejalashtirish va ta’minlash. Maxsus uchishlarni bajarish. Uchuvchilar tarkibiga uchishga ruxsat berish. Uchishlarning tahlili. Uchish qoidalari: tik, bo‘ylama va yon tomondan eshelonlash: xavfsiz balandlikka ko‘tarilish va eshelonni o‘zgartirish. Vizual uchish qoidalari va asboblar bo‘yicha uchish qoidalari. Aerodrom elementlari va baland to‘siqlarning markirovkasi.
Sun’iy uchish-qo‘nish tasmalari, yurgizib borish yo‘lakchalari, havo kemalarining turar joylari va perronlar markirovkasi. Havo kemalarining turar joylarida va perronlarda maxsus avtotransportlar va aerodromlar mexanizatsiya vositalarining harakatlanish yo‘llarini markirovkasi. Trassada, aholi yashash joylarida va aerodromlarda baland to‘sikdarni markirovkasi va yorug‘lik vositalari bilan chegaralash. Gruntli aerodromlar markirovkasi va ularga ko‘yiladigan. talablar. Markirovka belgilarini o‘rnatish joylari, ularning shakli va o‘lchamlari.
Aerodromlarni texnik ekspluatatsiya qilish tizimining tuzilish sxemasi. Aerodromlarga qo‘yiladigan ekspluatatsion va havo kemalarini xavfsiz uchish sharoiti bo‘yicha umumiy talablar. Aerodrom qoplamalari mustahkamligi va ravonligini ta’minlash. Aerodrom inshootlarini ishonchliligi, ishlash qobiliyati va xizmat mudsati. Havo kemalarini uchishida, ko‘nishida, to‘xtab turish joylariga yurgizib borishda aerodrom qoplamalariga ta’sir etuvchi yuklamalar. Aerodrom qoplamalari ishida tabiiy ikdim sharoitlari. Yer yuzasi va havo harorati rejimining qonuniyatlari.
Shamol rejimi va uning aerodrom ekspluatatsion holatiga ta’siri. Havoning ochiqligi, tumanli va bulutli bo‘lishi va ularning havo kemalarini uchishini aniklashdagi o‘rni. Yog‘ingarchilik va yaxmalakning aerodrom ekspluatatsion sharoitiga ta’siri. Qishki davrlarda aerodromlarni texnik ekspluatatsiya qilish uslublari.
Do'stlaringiz bilan baham: |