7-Mavzu. o‘ymalarga ishlov berish va ko‘tarmalarni tiklash.
Pardozlash ishlari. Aerodrom to‘shamalarining asosan va qoplamasini qurish
texnologiyalari (2 soat)
o‘ymalarga ishlov berishga umumiy talablar. o‘ymalarda ishlov berish qiyinligi bo‘yicha gruntlarni tasnifi. o‘ymalarga ishlov berish usullari. o‘ymalarga ishlov berish uchun talab qilinadigan mashina-mexanizmlarni tanlash va ularning hisobi. o‘ymaga ishlov berish ishlarini tashkil etish. Ko‘tarmani tiklashda gruntlarga bo‘lgan talablar.
Ko‘tarmani tiklashda bajariladigan ishlar tarkibi. Ko‘tarmalarni tiklash usullari va sxemalari. Ko‘tarmani tiklash uchun talab qilinadigan mashina-mexanizmlarni tanlash va ularning hisobi. Ko‘tarmani tiklash ishlarini tashkil etish. Er ishlarini taqsimlanish loyihasi. Pardozlash ishlari tarkibi. Pardozlash ishlarini bajarish usullari va sxemalari. Pardozlash ishlarini tashkil etish. o‘t urug‘ini suv bilan arapashmasini tayyorlash va uchish maydoniga ekish, ularni parvarishlash. Ishlarni bajarishda sifat nazorati.
Aerodrom to‘shamasi asosi va qoplamasini qurishda materiallarga bo‘lgan tapablar. Gruntli asosni tayyorlash. Qum, qum-shag‘al, chaqilgan tosh, shag‘al va toshqol materiallardan sun’iy asosni qurish. Tishlashtirish (zaklinkd) usuli bilan chaqilgan toshdan asosni qurish. Texnologik jihatdan aerodromlar qoplamalari tasnifi.
Mineral va organik bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan gruntlardan, shag‘al va chaqilgan toshdan sun’iy asos va qoplamani qurish.
Aerodrom to‘shamalarining asosi va qoplamasini qurishda qo‘llaniladigan mashina-mexanizmlar tarkibi va ish unumdorligi. Aerodrom to‘shamalari asosi va koplamasini qurishda ishlarni tashkil etish va sifat nazorati. Ishlarni bajarishda xavfsizlik texnikasi va mehnatni muxofaza qilish.
8-Mavzu. Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish.(2 soat)
Aerodrombop asfaltbeton qorishmasi va uning materiallariga bo‘lgan talablar. Aerodrombop asfaltbeton koplamasini qurish texnologiyasi va uni tashkil etish. Sementbeton tarkibiga kiruvchi materiallarga ko‘yiladigan talablar. CHoklarni to‘ldirish uchun materiallar. Qoplamani rels-formali kompleks mashinalarda qurish texnologiyasi. Deformatsiya choklarini qurish. Sementobeton qoplamasini parvarishlash. Sementobeton qoplamasini qurish ishlarini tashkil etish. Aerodrom qoplamalarini qurish texnologik xaritalari va chiziqli-kalendar grafigi. Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurishda sifat nazorati, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |