Аerоdrоmlаrni lоyihаlаsh, qurish vа ekspluаtаtsiya qilish fanining ishchi o‘quv dasturi


-Mavzu. Uchish maydonining relefiga bo‘lgan talablar. (2 soat)


Download 216.5 Kb.
bet5/16
Sana30.04.2023
Hajmi216.5 Kb.
#1409565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2022- sirtqi Aerodromlar ishchi Aya va Aykt lar uchun

3-Mavzu. Uchish maydonining relefiga bo‘lgan talablar. (2 soat)
Ustki qatlamni nishabligini va chegaradan chiqib ketmasligini aniqlashning asosiy qonun-qoidalari. Uchish maydonining ustki qatlamini ko‘rinishi. Relefni vazifasi va uni loyihalashtirishni boshqaradigan qonun-qoidalar. Relefni loyiha- lashtirish uchun boshlang‘ich materiallar. Belgilar va gorizontallar bo‘yicha relefni loyihalashtirish usuli. Er qazish ishlarini hajmini aniqlash usullari.


4-Mavzu. Sun’iy qoplamalarning relef qatlamini loyihalashtirish. (2 soat)
Loyihalashtirishning ketma-ketligi. Sun’iy qatlamlarning ko‘ndalang va bo‘ylama kesimlarini loyihalashtirish. Grafoanalitik va grafik usullari bilan qoplama rejasi ustida gorizontallarni loyihalashtirish. Sun’iy qatlamlarning tutashuv joylarini vertikal rejalash.


5-Mavzu. Uchish maydonining grunt suvlarini taqsimlash va suv ketkazishning asosiy tamoyilari. (2 soat)
Grunt suvlari turlari. Aerodromlarda suv ta’minotining turlari. Suv ta’minotiga ko‘ra aerodrom suvlarini chetlatish va quritishni loyihalash tamoyillari. Sun’iy qoplamalarning namligini quritish sxemalari. Suvni chetlatish drenaj tizimining elementlari va tuzilishi. Suvni chetlatish tizimining gidrotexnik qurilmalari tuzilishi. Uchburchak shaklidagi ochiq lotoklar va yomg‘ir suvlarini qabul-qiluvchi quduqlar orasidagi masofani hisoblash. Uchish-qo‘nish tasmalarida suvni chetlatish kollektorlarini loyihalash. Suvni chetlatuvchi drenaj tizimlarining mustahkamligini hisoblash. Suv tarmoqlarining er ostki va ustki ta’sir qiluvchi omillari. Quvurlarning mustahkamligini hisoblash.


6-Mavzu. Aerodromlarni qurishni tashkil etish asoslari. Tayyorgarlik ishlari: qurilish olib boriladigan joylarni ish boshlashga tayyorlash (2 soat).
Aerodromlarni qurish bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar. Qurilishni tashkil etishda mehnat unumdorligini oshirish, ishning sifatini yaxshilash va kurilish narxini kamaytirish. Aerodrom qurilishi ishlarini tashkil etish tamoyillari. Ishlarni tashkil etishning oqim uslubi. Ishlarni tashkil etishning uzluksiz usuli. Qurilishni material-texnik ta’minotini tashkil etish. Qurilishni boshqarish va mehnatni tashkil etish.
Joyni qurilishga tayyorlash bo‘yicha ishlarning tarkibi. Loyihani joyiga ko‘chirish. Er ishlarini bajarishda belgilash ishlari. Xududlarni daraxtzorlardan tozalash, to‘nkalarni kovlash, toshlarni tozalash, eski qoplamalarni buzish va bo‘laklarga ajratish. Eski muhandislik tarmoklarini buzish va ko‘chirish. Vaqtinchalik suvni chetlatish kurilmalarini qurish va kurilish uchastkalarini dastlabki kuritish ishlari.
o‘simlik qatlami gruntini ko‘chirib olish ishlari tarkibi va usullari. o‘simlik qatlami gruntini ko‘chirib olish ishlarini tashkil etish. Ishlarni bajarishda sifat nazorati, xavfsizlik texnikasi va atrof muhit muhofazasi.



Download 216.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling