Ҳаёт рубобини чалиб шўх-қувноқ, Тириклик бахтидан куйлайлик алёр


Bog'lar jamoliga to'ymay boqar ko'z  Bugun baxt va bahor ta'rifida so'z  Dilni g'urur bilan to'ldirgan bayram  Gul fasli muborak ayyomi NAVRO'Z


Download 20.04 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2023
Hajmi20.04 Kb.
#1091534
1   2   3
Bog'liq
navro\'z

Bog'lar jamoliga to'ymay boqar ko'z 
Bugun baxt va bahor ta'rifida so'z 
Dilni g'urur bilan to'ldirgan bayram 
Gul fasli muborak ayyomi NAVRO'Z

Salom
1Navqiron teraklar borliqdagi o‘zgarishlarga lol qolayotgandek mayin bosh silkiydi. Mitti oftobchalar – momaqaymoqlar jilmayib yuz ochadi. Majnuntollarning xivichlari umid bilan barg chiqaradi. Tiniqib uxlagan kurtaklar ko‘z ochib, yuz chayadi abri naysonga. Oftobning zarrin nurlari qo‘zigullarga za’faron rang beradi. Borliq uyg‘ondi. Yasharish, yangilanish fasli boshlandi. 
2Bahor nafaqat tabiat, balki qalblarga ham ajib evrilish olib kiradi. Qish qahratonida biroz xira tortgan ruhimiz bahor nasimlarida erkalanib yayraydi. Daraxt novdalariga tiriklik suvi yugurgani misol ko‘zlarimizga nur, qalblarimizga surur, bilaklarimizga kuch, yuraklarimizga muhabbat inadi. Aynan bahor faslida tabiatning bir bo‘lagi ekanimizni yana anglay boshlaymiz. 

1Adirlarda quyoshning qaynoq taftini sog‘ingan maysalar gilamdek yastanib yotibdi. Yeru ko‘kda uyg‘onish, yangilanish, yasharish. Hamalning mayin, erkalovchi iforidan qalblar entikadi. Mudroq tuyg‘ular o‘rnini ajib jo‘shqinlik egallaydi. Osmon varraklar va bolalar qiyqirig‘iga to‘ladi, qizlar kaftida ezilgan o‘smalar kamon qoshlarda qayta jonlanadi... 


2Bahor biz intiq va intizor kutgan, ko‘ngillarga shodmonlik, qalblarga surur, yuraklarga huzur bag‘ishlovchi ardoqli bayramimiz Navro‘zdan ilk mujda keltiradi. Ana shu mujda shodliklriyu ko’klam ko’rgkamligini sizga tilab assalo qashqadaryo dasturini boshlaymiz!


Navro‘z – zulmat va nur tenglashgan, qorong‘u xotiralar chekinib, yorug‘ umidlar uzaygan kun. Sharqona tabiatimiz, urf-odat va an’analarimizning ajralmas bo‘lagi, eng qadimiy va eng sevimli bayramimiz.

Navro‘z – o‘zining ma’no-mazmuni va falsafasi bilan hayotimizga jo bo‘lgan yasharish va yangilanish pallasi, sharqona yangi yilning debochasi. Ushbu ayyomni xalqimiz har yili ko‘tarinki ruhda, katta shodiyona bilan nishonlaydi.

Navro‘z xalqimizning odamiylik, saxovat, mehr-muruvvat, himmat kabi yuksak insoniy fazilatlari yanada keng namoyon bo‘ladigan qutlug‘ ayyomdir. Ushbu bayram bahona mahallalarda yolg‘iz keksalar, nogironlar holidan xabar olinib, ularga bahoriy taomlar ulashiladi. Iliq so‘zlar bilan ko‘ngillari ko‘tarilib, duosi olinadi. Hashar yo‘li bilan uy yumushlari bajariladi. Bu an’ana ajdodlarimiz asrlar davomida qanday buyuk umuminsoniy g‘oyalardan bahramand bo‘lib, ma’naviy kamol topganining yana bir tasdig‘idir. 

Sumalak saylida ham yoshi ulug‘ insonlar tajribasiga tayaniladi, ularning maslahati olinadi. Yerga o‘choq qazilib, qozon osiladi. Yoshlardan biri choy qaynatsa, boshqasi o‘tin yoradi. O‘tin yorish bo‘y qizlarning nigohlarini tuygan bo‘z yigitlar uchun musobaqa shashtini oladi.


Qir bag‘rida katta davra qurilib, kurash boshlanadi. Bakovullar g‘olib uchun tikilgan zotlarni baralla aytib, polvonlarni gilamga chorlaydi. Yeng shimargan mard yigitlar zot emas, or talashadi...

Navro‘z nafaqat tabiatga oshuftalik ayyomi, balki rizq-ro‘z bayrami hamdir. Azaldan bobodehqonlar “Hamal kirdi – amal kirdi”, deya Navro‘z kunidan e’tiboran ko‘klamgi yumushlarga kirishgan. Yerga don sepib, nihol ekishgan. Ariq-zovurlarni tozalab, bog‘-rog‘larga shakl bergan. Kuz xirmoni bahordan boshlanishini chuqur anglashgan. 

Demak, bahor – ezgulik ayyomi, yaqinlarimizga mehr-oqibat ulashish, dasturxonimiz to‘kin-sochinligi uchun harakat qilish, bunyodkorlik, obodonchilik ishlarini amalga oshirish fursatidir. Yurtimizga tashrif buyurgan yangilanish, yasharish fasli barchamizga qutlug‘ bo‘lsin! 





Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling