Afina” o’quv markazi. Barcha abiturentlarga talaba bo’lish nasib qilsin! 1-mavzu


-mavzu. Yevropada me’morchilik, san’at va adabiyot


Download 0.62 Mb.
bet31/42
Sana09.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#258286
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Bog'liq
7-jahon test 2017(1)

33-mavzu. Yevropada me’morchilik, san’at va adabiyot.

1. Yevropada dastlab – XI asrga qadar binolar, qasrlar qanday ashyodan qurilgan?

A. Loy va yog’ochdan,

B. Toshdan,

C. Xom va pishiq g’ishtdan,

D. Yog’ochdan.

2. XI asrga kelib G’arbiy Yevropada qurilish sohasi taraqqiy etdi va qaysi ashyodan keng foydalanishga o’tildi?

A. Loy va yog’ochdan,

B. Toshdan,

C. Xom va pishiq g’ishtdan,

D. Yog’ochdan.
3. XI asrga kelib G’arbiy Yevropada qurilishda toshdan keng foydalanishga o’tildi. Qurilish toshlari bo’lmagan Angliya va Polshada saroylar, ibodatxonalar qanday ashyodan qurila boshlaydi?

A. Loy va yog’ochdan,

B. Toshdan,

C. Pishiq g’ishtdan,

D. Yog’ochdan.
4. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropa me’morchiligida dastlab roman uslubi qaysi davlatlarda hukmron edi?

A. Fransiya, Italiya, Germaniya.

B. Angliya va Polsha.

C. Fransiya, Italiya, Angliya.

D. Italiya va Polsha.
5. Roman uslubiga xos xususiystlarni toping.

1) ko‘rkam và ulug‘vor 2)deraza tepasi, ibodatxonaga kiraverish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoq (arka)lar bilan bezatilgan 3) Salobatli, 4) Bu uslubda qurilgan imoratlar balandligi bilan farq qiladi 5)ibodatxonasi tashqi tomondan qal’ani eslatadi.

A. 1, 3, 5.

B. 3, 4.


C. 2, 5.

D. 1, 2, 4.


6. Gotika uslubiga xos xususiystlarni toping.

1) ko‘rkam và ulug‘vor 2) deraza tepasi, ibodatxonaga kiraverish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoq (arka)lar bilan bezatilgan 3) Salobatli, 4) Bu uslubda qurilgan imoratlar balandligi bilan farq qiladi 5)ibodatxonasi tashqi tomondan qal’ani eslatadi, 6) roman uslubini

surib chiqaradi, 7) og‘ir gumbaz o‘rnini uchli, baland gumbazlar egallaydi.

A. 1, 2, 4, 7.

B. 2, 3, 5, 6.

C. 1, 3, 4, 5.

D. 3, 4, 6, 7.
7. Quyidagi me’moriy obidalarni ularning qurilish uslubi bilan muvofiqlashtiring:

a)roman uslubi b)gotik uslub c)arab me’morchiligi d)vizantiya uslubi

1)Avliyo Mark ibodatxonasi 2)Al-Qasar qasri 3)Laax monastiri 4) Bibi Maryam ibodatxonasi 5)Milan ibodatxonasi 6) Dojlar saroyi

A. a – 3, b – 4, 5, c – 2, d – 1, 6.

B. a – 1 , 2, b – 6, c – 3, 4, d – 5.

C. a – 3,4, b – 5, c – 2, d – 1, 6

D. a – 6, b – 4, 5, c – 1, d – 2, 3.

8. Quyidagi me’moriy obidalar nomini ular joylashgan joy nomi bilan muvofiqlashtiring:

a)Shartr b) Al-Hamro c) Dojlar saroyi d) Laax

1)Venetsiya 2) Parij 3) Germaniya 4)Granada

A. a – 1, b – 2, c - 3, d – 4.

B. a – 2, b – 3, c - 4, d – 1.

C. a – 2, b – 4, c – 1, d - 3 .

D. a - 4, b – 3, c – 1, d – 2.


9. Qaysi me’morchilik uslubi XII asr o‘rtalarida Shimoliy Fransiyada yuzaga keldi va XIII asr 1-yarmida yuksak darajada rivojlandi?

A. roman


B. gotik

C. arab


D. vizantiya
10. G‘arbiy Yevropa san’atida X asrdan XII–XIII asrlargacha hukm surgan badiiy uslub qaysi?

A. roman


B. gotik

C. arab


D. vizantiya
11. G’arbiy Yevropada qaysi binolar xudo, avliyolar va qirollar haykallari bilan bezatilgan?

A. Qirollar saroylari

B. Cherkovlar

C. Monastirlar

D. B va C javoblar to’g’ri.
12. ... Yevropada «Madonna » deb nomlanadi.

A. Onaning farzandga mehr-muhabbatini ifodalagan haykallar

B. Bibi maryam haykallari

C. Ayol haykali

D. Avliyolar haykallari
13. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalar .....

A. devorlari va shiplarinini diniy mavzudagi suratlar bezab turgan,

B. derazalar orasida rasmlar chizish uchun joy ham bo’lgan,

C. devorlari va shiplarinini miniatyuralar bezab turgan.

D. devorlariga o’rta asr kishilari hayotining turli manzaralari tasvirlangan.

14. Miniatyura so’zi qaysi tildan olingan?

A. fransuzcha

B. lotincha

C. lotincha, yunoncha

D. fransuzcha, lotincha

15. Vitraj nima?

A. badiiy usullari o’ta nafis bo’lgan kichik hajmli tasviriy san’at asari,

B. qo’lyozmalarni ziynatlash uchunyaratilgan nafis, mo’jaz rasm,

C. tiniq rangli shishalardan yasalgan surat, bezak

D. selgimagan suvoqqa ishlangan devoriy surat
16. O’rta asrlarda yangi madaniyat arboblari nimani o’zlarining asosiy vazifalari deb bilganlar?

A. betakror san’at asrlari yaratishni

B. insonni o’rganishni

C. antik davr bilan aloqador madaniyat yaratishni

D. barcha javoblar to’g’ri
17. Uyg’onish atamasi fransuz tilida qanday ataladi?

A. Pergament

B. Universitas

C. Renessans

D. Gumanist

18. Sharqqa salib yurishlari va undan keyingi savdo-madaniyat borasidagi doimiy aloqalar italiyaliklarga nimaga imkon berdi?

A. Qadimgi yunon qo’lyozmalari, antik san’at va me’morchilik yodgorliklari bilan tanishishiga B. Savdodan katta daromad olish va yurtini eng boy shaharga aylantirishga

C. Shahar-respublikalar mustaqilligi va ularda ijod ahlining to’planishiga

D. Inson, uning yaratuvchilik dahosini asarlarda aks ettirishga
19. Uyg’onish madaniyati markazlarini aniqlang:

A. London va Parij

B. Genuya va Florensiya

C. Venetsiya va Parij

D. Florensiya va Venetsiya
20. Uyg’onish davrida qaysi shaharda nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan?

A. Florensiya

B. Venetsiya

C. Parij


D. Bolonya
21. Uyg’onish davrining eng mashhur rassom, haykaltarosh va me’morlari qayerdan bo’lgan?

A. Florensiya

B. Venetsiya

C. Parij


D. Bolonya
22. Ilk gumanistlar nomini ular asarlari yoki faoliyatiga oid ma’lumot bilan muvofiqlashtiring:

a) Kolyuchcho Salyutati b) Franchesko Petrarka c) Jovanni Bokkachcho

1) Qo’shiqlar kitobi 2) She’riy maktublar 3) Ijodi ilk gumanizm davrini yakunladi

4) Yuksak g’oyali, o’qimishli kishini tarbiyalashda ijtimoiy fanlar o’ta muhim ekanligini ta’kidlagan.

A. a) – 1, 4 b) – 3, c) – 2.

B. a) – 2, 3 b) – 4, c) - 1

C. a) - 3 b) – 1, 2 c) - 4

D. a) - 4 b) – 1,2 c) - 3


23. ”She’riy maktublar” to’plami muallifi yashagan yillarni aniqlang.

A. 1271-1295 yillar

B. 1304- 1374 yillar

C. 1331- 1406 yillar

D. 1374- 1406-yillar


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling