«Aftomatik boshqarish nazaryasi» fanidan
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
1.2 Obyektlarda yuklamalar
Yuklama — obyektga ko'rsatiladigan tashqi ta’sir. Bu ta’sirning qiymati apparat ish rejimi orqali aniqlanadi va texnologik ehtiyojlar uchun obyektdan olinadigan modda yoki energiya qiymatini ifodalaydi. Rostlanuvchi obyektdan modda yoki energiya o ‘tishida apparat yuklamasining (ishlab chiqarishi) o‘zgarishi rostlanuvchi kattadi. Rostlanuvchi obyekt yuklamasining o‘zgarishi g‘alayon manbalaridan biridir. Modda yoki energiya sarfmi ularning obyektga kelishidan awal stabillashtirish mumkin bo‘lsa, berilayotgan xomashyo tarkibini stabillash birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun, obyektga keladigan modda qiymatining tebranishi g‘alayonining yana bir manbalaridan biridir. Nostatsionar obyektlarda g‘alayonlar obyekt tavsiflarining o‘zgarishi sababli ham kelib chiqishi mumkin. Yuklama — modda yoki energiyaning obyektdan oqib chiqishiga ko‘rsatiladigan obyekt qarshiligini ifodalaydi. Obyekt yuklamasining o‘zgarishi rostlanuvchi kattalik o‘zgarishinining tezligini oshiradi. Yuklamaning o‘zgarish chastotasi haqida ham xuddi shuni aytish mumkin. Yuklama tebranishlarining amplitudasi ham, chastotasi ham rostlashadi. Rostlanuvchi obyektning yuklamasini o‘zgartirish, ya’ni obyektning bir ish rejimidan ikkinchisiga o‘tish ehtiyoji paydo bo‘lsa, bu amalni sekinlik bilan bajarish kerak, bunda rostlash tizimi obyektni yangi ish rejimiga ravon, keskin tebranishlarsiz o ‘tkazadi. Yuklamaning katta o‘zgarishlarida avtomat rostlagichlarni qaytadan rostlash ehtiyoji paydo bo‘lishi mumkin. Bu hoi yuklamaning o‘zgarishi rostlanuvchi obyektning statik va dinamik tavsiflarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan,yuklama kamayishi bilan sof kechikish ko‘payadi, o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish,sig‘im koeffitsiyentlari va boshqariluvchi obyektning har xil yuklamalariga avtomat rostlagichlarning turlicha optimal rostlanishlari to ‘g‘ri keladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling