«Aftomatik boshqarish nazaryasi» fanidan


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana04.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1748232
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
 
 


I.BOB. BIR VA KO’P SIG’IMLI OBYEKTLAR 
1.1 Rostlanuvchi obyektlar 
Berilgan vaqtda obyekt ichidagi modda yoki energiyaning 
qiymati sig‘im deyiladi. Demak, sig‘im obyektning yoki energiyaning 
yig‘ish qobiliyati va uning inersionligini ifodalaydi. Sig‘imlari qancha 
katta bo‘lsa, obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida rostlanuvchi 
kattalikning o‘zgarishi shuncha past bo‘ladi. Sig‘imlari katta bo‘lgan 
obyektlar sig‘imlari kichik bo‘lgan obyektlarga nisbatan turg‘unroqdir. 
Rostlanuvchi kattalikning qiymati o‘zgarishi bilan obyekt sig‘imi 
o‘zgaradi. Obyekt sig‘imining rostlanuvchi kattalikka ko‘rsatgan 
ta’sirini baholash uchun sig‘im koeffitsiyenti tushunchasi ishlatiladi.
Sig‘im koeffitsiyenti rostlanuvchi kattalikni bir o‘lchov birligiga 
o‘zgartirishuchun obyektga qancha modda yoki energiya kiritish yoki 
undan uzoqlashtirish kerakligini ko‘rsatadi. Umuman, rostlash jarayoni 
modda yoki energiyani obyekt yaqinlashishi va undan uzoqlashishiga 
ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan rostlanuvchi kattalikni ma’lum bir qiymatda 
ushlab turishdan iborat. Rostlanuvchi obyektga kelgan modda yoki 
energiya qiymati obyekt tashqi rejimining sonli parametri deb ataymiz. 
Uning qiymati modda yoki energiyaning yaqinlashish va uzoqlashish 
qiymatlari ayirmasiga teng.
Rostlanuvchi obyektning ichki rejimi sifatini ta’riflovchi parametr 
parametr rostlanuvchi obyekt xususiyatlariga muvofiq, vaqt bo‘yicha 
o‘zgaradi.Obyektning muvozanatda bo‘lmagan holatidagi 
 
rostlanuvchi 
kattaligining vaqt bo‘yich o‘zgarish tezligini ta’riflaydi. Bu 
bog‘lanishning umumiy ko‘rinishi quyidagi funksiya orqali 
ifodalanadi:Qisqa vaqt oraliqlari uchun amalda bu funksiyani chiziqli 
deb hisoblaydi. 
Sig‘im koeffitsiyentiga teskari kattaligining g‘alayonlanuvchi 
ta’sirlariga bo‘lgan sezgirligini ifodalaydi. Obyektning rostlanuvchi 
parametri bo‘yicha sig‘imi rostlanuvchi kattalik qiymati va sig‘imi 
koeffitsiyentlarining ko’paytmasiga teng bo’ladi:Shunday qilib, sig‘im 
o‘lchovi modda yoki energiyaning obyektga kirish va obyekt 
chiqishining o‘zgarishiga sarflangan qiymatidan iborat. 
Obyektga biror qiymatda modda yoki energiya kirishda obyektga 
ma’lum qarshiliklardan o‘tish kerak (qizitishda obyektga berilgan 


issiqlik oqimi termik qarshilikka uchraydi; apparatga suyuqlik 
berilganda oqim gidravlik qarshilikka uchraydi). Qarshilik o ‘lchovi 
potensiallar farqining bir o‘lchov birligiga teng bo‘lgandagi modda yoki 
energiyaning obyektga berilgan qiymatidan iborat. Obyektning 
inersionligi uning sig‘imi va qarshiligiga bog‘Iiq. Sig‘im va qarshilik 
qanchadir. 
Inersionlik O‘lchovi chiqish kattaligining doimiy tezlik bilan 
o‘zgarib o‘zining turg‘unlashgan holatiga yetguncha ketgan vaqtini 
ko‘rsatuvchi vaqt doimiysidir.
Bir va ko‘p sig‘imli rostlanuvchi obyektlar mavjud. Bir sig‘imli 
obyekt bitta sig‘im va bitta qarshilikdan iborat. Bunday obyektlarda 
modda 
yokienergiya balansining buzilishi bir vaqtda rostlanuvchin 
obyektning 
har bir nuqtasidagi rostlanuvchi kattalikning birlamchi 
o‘zgarishiga 
olib keladi. 
Ko‘p sig‘imli obyektlarda o‘tish qarshiliklari bilan bo‘lingan. Bir 
sig‘imli obyektlar — sathni rostlovchi apparatlar, ya’ni bosim 
yoki sarfni saqlab turadigan quvur. Sanoatda ko‘p sig‘imli obyektlar bir 
sig‘imli obyektlardan ancha ko‘p ishlatiladi. Ko‘p sig‘imli obyektlarning 
muvozanat holatida rostlanuvchi kattalikning qiymati turli nuqtalarda 
turlicha bo‘ladi, muvozanat holati buzilganda esa ularda qonunlar 
bo‘yicha turli vaqtlarda o‘zgaradi. Oqib kirish (uzatish) tomonidagi sig‘i 
(iste’mol) tomonidagi sig‘imlar mavjud. Yaqinlashish tomonidagi sig‘im 
rostlanuvchi kattalikka ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi 
orqali ta ’sir ko‘rsatuvchi modda yoki energiyaning xarakteristikalari 
bo‘yicha aniqlanadi. Sarf tomonidagi sig‘im rostlanuvchi muhit 
tavsiflari orqali aniqlanadi. Ba’zan sig‘imsiz obyekt tushunchasi 
uchraydi. Bunda juda kichik sig‘imli obyektlar nazarda tutiladi (ular 
uncha katta bo‘lmagan quvurlardir). 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling