Byudjet siyosatining ustuvorligini...
==== davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo‘naltirish tashkil
etadi
Byudjet tizimining mohiyati tog‘ri berilgan qatorni ko‘rsating.
==== Iqtisodiy munosabatlar va huquqiy me’yorlarga asoslangan hamda o‘zaro qonuniy bog‘liqlikda
va aloqadorlikda bo‘lgan mamlakatning barcha byudjetlari yig‘indisi
Davlat byudjeti qanday funksiyalarni bajaradi?
==== taqsimlash va nazorat funksiyalari
O‘zbekiston Respublikasi byudjet kodeksida davlat byudjetiga qanday ta’rif berilgan?
==== Davlat byudjeti davlatning vazifa va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun
mo’ljallangan markazlashgan pul jamg‘armasi
Davlat moliyasining mustaqil bo‘g‘ini sifatida davlat krediti...
==== davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida
shaklidan iboratdir
Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi nimalardan iborat?
==== davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini
minimallashtirish
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar qanday guruhlarga
bo‘linadi?
==== me’yorlashtiriladigan xarajatlar, me’yorlashtirilmaydigan xarajatlar
Davlatning oliy moliyaviy nazorat organi qaysi?
==== Hisob Palatasi
Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda klassifikatsiya
qilinyapti?
==== to‘g‘ri soliqlar, egri soliqlar, resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i, ustama foydadan olinadigan
soliq, boshqa daromadlar
K.Marksning qaysi asarida davlat byudjetining mohiyati o‘rganilgan?
==== “Kapital”
Korxona moliyaviy siyosatining asosiy maqsadi tog‘ri berilgan javobni aniqlang.
==== korxona iqtisodiy salohiyatini oshirish va barqaror o‘sish sur’atlariga erishish
Mamlakatning moliyaviy resurslari o‘sishining asosiy sharti berilgan javobni aniqlang.
==== MDning ortishi (ko‘payishi)dir
Moliya -
==== pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy
munosabatlar yig‘indisi
Do'stlaringiz bilan baham: |