Ag‘darmalar hosil qilish jarayoni to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Qoplovchi jinslardan ag‘darmalar hosil qilish


ldozerlar yordamida amalga oshirilishi mumkin


Download 65.71 Kb.
bet3/3
Sana02.06.2024
Hajmi65.71 Kb.
#1834261
1   2   3
Bog'liq
Ag‘darmalar hosil qilish jarayoni to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar

ldozerlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Quvvati 240-360 kVt bo‘lgan buldozerlardan foydalanilganda ag‘darmaning rasional o‘lchamlari: kirish kengligi 50-60 m, to‘pik uzunligi 1000-1400 m, ag‘darma yarusining balandligi 30-40 m. Buldozerning rasional yillik ish hajmi 10 mln. m3 ni tashkil etadi. Temir yo‘l transporti qo‘llanilganda ag‘darmalar hosil qilishda buldozerlardan foydalanishning asosiy yutug‘i: mexanik kovushlarga nisbatan kam kapital xarajat talab qilishi va temir yo‘l siljitish qadamining 2-3 marta oshishi va shu bilan birga karyerdagi kon ishlari mexnat sarfini sezilarli darajada kamayishi.
Asosiy kamchiligi: dumpkarlarni yopishgan va muzlagan jinslardan tozalashning qiyinligi, dizel yoqilg‘isiga ketadigan xarajatlarning ko‘pligi.
Avtomobil transporti qo‘llanganda ag‘darma hosil qilish.
Hozirgi kunda avtomobil transporti qo‘llanganda ag‘darma hosil qilishda buldozerlar qo‘llaniladi.
Avtosamosvallar vaqtinchalik yo‘lda qaytib oladi va orqaga harakat qilib to‘kish joyiga keladi. Yuk ko‘tarish quvvati nisbatan katta bo‘lmagan avtosamosvallarni bo‘shatish ag‘darmaning yuqori brovkasidan 1-2,5 m masofada amalga oshiriladi. Bunda to‘kiladigan jinslar bir qismi bevosita ag‘darma qiyaligi ostiga yumalab tushadi.
Mashinalarni bo‘shatish va ag‘darma brovkasini rejalashtirish odatda turli uchastkalarda amalga oshiriladi. Bu esa mashina ishida katta qulaylikni yaratadi va mehnat xavfsizligini oshiradi. Ag‘darma uchastkasi ish frontining umumiy uzunligi 100 m dan 500 m gacha o‘zgarib turadi va bir vaqtning o‘zida ishlayotgan avtosamosvallar soniga bog‘liq bo‘ladi. Kechki ish vaqtida ag‘darma maydonchasi projektor va lampalar yordamida yoritiladi.
Tog‘ jinslari avtomobil transporti bilan tashilganda ag‘darma ishini harakterlovchi asosiy parametrlari quyidagilardan iborat: butun ag‘darma va agdarma uchastkasi frontining uzunligi, uchastkalar soni, ag‘darma balandligi, ag‘darma avtomobil yo‘lini siljitish qadami, yuklash davomiyligi va ag‘darma uchastkasini tayyorlash, buldozer ishining hajmi va berilgan ish hajmi uchun kerakli buldozerlar soni.
Ag‘darma to‘kish fronti bo‘yicha 3 ta uchastkadan iborat. Bitta uchastkada to‘kish (bo‘shatish) olib boriladi, boshqasi – rezervdagi, uchinchisida esa, rejalashtirilish ishlari olib boriladi. Ag‘darma uchastkasi fronti uzunligi berilgan mashinalar sonini bir vaqtning o‘zida bo‘shatishga quyish lozim. Agar ishda N avtosamosvallar bo‘lsa, bunda bir vaqtning o‘zida bo‘shatiladigan avtosamosvallar soni:
bu yerda:
- ag‘darmada avtosamosvallarning manyovr qilish va to‘kish
(bo‘shatish) davomiyligi, sekund ( =60100 sekund);
- reysning texnik davomiyligi, sekund.
Bo‘shatiladigan maydon fronti uzunligi (m):
bu yerda: - manyovr qilishda va bo‘shatishda avtosamosval tomonidan egallanadigan yo‘lak kengligi, m ( = 1520m).
Ag‘darma fronti uzunligi, m:
Buldozer ishi hajmi, m3:
bu yerda:
- ag‘darma qabul qiladigan jinslar miqdori,
- ag‘darma yuzasida qolgan jinslar hajmini xarakterlovchi «to‘kilish» koeffisiyenti. ( =0,40,7).
Avtomobil yo‘lini siljitish qadami odatda 30-50 m ni tashkil etadi.
Buldozerli ag‘darmalar quyidagi qulayliklarga ega:
• ag‘darmada ishning oddiyligi;
ularning qurilishini tezligi;
• ag‘darma hosil qilishga va jihozlarga ketadigan harajatning kamligi. Buldozer faqatgina ag‘darma mashinasi bo‘libgina qolmay, ag‘darma va karyer yo‘llarini remont qilish uchun kullaniladigan asosiy mashina bulib xisoblanadi.Quvvati 70 kVt va 180 kVt bulgan buldozerlarning o‘rtacha ish unumdorligi ag‘darmalarda qoyali tog‘ jinslarida 1500 m3/smena atrofida bo‘ladi.
Avtomobilli ag‘darmalarda draglayn zaboyi parametrlari va konstruksiyasi hamda draglayn ishi texnologik sxemalari 12.3 rasmda keltirilgan.
Birinchi bosqichda 2 ta pog‘onachadan iborat bo‘lgan quyi yarusni to‘ldirish amalga oshiriladi. Draglayn transport gorizontidan bir necha metr pastda quyi pog‘onacha ustida joylashadi va qabul qiluvchi bukerdan jinsni cho‘michlab quyi pog‘onachani to‘ldiradi. Yuqori pog‘onacha ham shu tariqa ekskavator yordamida to‘ldirilishi mumkin yoki buldozerli ag‘darma hosil qilish uchun rezervdagi sig‘im sifatida qo‘llanilishi mumkin. Quyi yarusni to‘ldirishda ekskavator transport gorizontidan yukori satxda tog‘ jinsini cho‘michdan bo‘shatib ikkinchi yarusni to‘ldiradi. Jinslarni yetkazib berish avtomobil yo‘lida amalga oshiriladi.
Ag‘darmaning qabul qilish qobiliyati va zaboy parametrlari draglaynning chiziqli parametrlariga, jinsning turg‘unligiga va ag‘darma asosi relyefiga bog‘liq bo‘ladi. ESH-10/70, ESH-13/50 draglaynlarida va BelAZ-548 avtosamosvallarida o‘tishning maksimal kengligi 200-280 m ni, quyi yarus maydoni 20-40 ming. m2, yuqori yarus maydoni 15-20 ming. m2. O‘tishning kengligi tufayli ag‘darma avtomobil yo‘llari kapital avtomobil yo‘llariga yaqin holda qurilishi, qabul qiluvchi yamalar esa katta kuvvatli (yuk kutarish kuvvati 75 t va undan yukori) avtosamosvallar qo‘llanilganda yarimstasionar bo‘lishi mumkin.
Yarimsatasionar maydonlar gildirak radiusidan kam bo‘lmagan balandlikdagi himoyalovchi tayanchga ega bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxati:
1. V.S. Xoxryakov. Otkrыtaya razrabotka mestorojdeniy poleznыx iskopayemыx. M. «Nedra». -1991 g.
2. Spravochnik. Otkrыtaya razrabotka mestorojdeniy poleznыx iskopayemыx. M. «Gornoye byuro». 1994.
Download 65.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling