Agnoziya, afaziya, apraksiya Reja


Download 65.42 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi65.42 Kb.
#1534314
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nosirova

Simultant agnoziya
Simultant agnoziya agnoziyaning aloxdsa turi sifatida xam farqlanadi. Bunda bemor tasvirning baʼzi qismlarini taniydi, lekin toʻlaligicha uni yoritib bera olmaydi. Masalan, manzarada tasvprlangan ob’ektlarni aytib bersa-da, manzaraning maʼnosini tushuntirib bera olmaydi. Buning asl sababi ob’ektlar orasidagi bogэliqlikni tuza olmaslikdir.
Autotopognoziyada bemor oʻz tanasining qismlarini (asosan qoʻl va oyoqdarini) bipmaydi va joylashishini aniqdashda qiynaladi. Anozognoziya
Anozognoziya — oʻzidagi nevrologik buzilishlar (sezish va xarakat buzilishlari) ni tan olmaydi. Bunday xolatlar bosh miya oʻng yarimsharining parietal soxalari zararlanishi uchun xos. Xisob kitob qilishning (koʻshuv-ayiruv va x-k) buzilishiga akalkuliya deb ataladi. Endi agnoziya turlari bilan tanishib chiqamiz.

Narsalar agnoziyasi
Narsalar agnoziyasi agnoziyaning eng koʻp tarqalgan turi boʻlib, bosh miya yarimsharlarining tepa-ensa boʻlimlari zararlanganda kuzatiladi. Bemor narsalarni koʻrib, uni baʼzi belgilarini aytib xam beradi, lekin nomini ayta olmaydi. Masalan, qalamni koʻrsatsangiz bu bilan yozadi deydi-yu, nomini aytib berolmaydi. Ayniqsa qalashtirib tashlangan bir nechta narsalar tasvirini ajratib aytib bera olmaydi. Masalan, qаychi, pichoq, bolgʻacha, qoshiqdar tasvirlangan rasmda nimalar aks etgani soʻralsa, bemor buni aytib berolmaydi, u faqat turli tomonga ketgan chiziqdarni koʻradi, xolos. Bu usulni Poppelreyter 1917 yilda taklif qilgan.SHunisi eʼtiborliki, bemor narsalarga karab, ularni chizib beradi va oʻzi chizgan narsani xam tanimaydi.

Bashara (yuz) agnoziyasi


Bashara agnoziyasi yoki prozopognoziya deb avval tanish boʻlgan yuzlarni tanimaslikka aytiladi. Bemor yuzda joylashgan burun, qosh, koʻz nomini aytib berishi mumkin, lekin bu odam kimligini aytib bera olmaydi, u xatto xotinini, bola-chaqalarini, davolovchi shifokorni xam tanimaydi. Shu bilan birga avval tanish odamlarni, yaqinlarining, mashxur kishilarning suratlarini xam tanimaydi. Ogʻir xolatlarda u xatto oynadagi oʻz aksini yoki oʻz suratini xam tanimaydi. bilan erkak jinsini farqlay olmaydi, ularning taxminiy yoshini (yoshmi, qarimi) aytib bera olmaydi. Narsalarni esa tanishi mumkin. Bemor odamlarni ovozidan, kiyimidan, yurishidan tanishi mumkin. Ayniqsa, tanib olishda tanish-bilishlarining soch turmagi, yuzidagi xollari va shu kabi aloxida belgilari yordam beradi. Lekin bemor bunday xolatda xam adashib ketishi mumkin. Masalan, doimo koʻzoynak taqib yuradigan tanishi koʻzoynagini taqmay koʻrinsa, uni tanimaydi.
Baʼzan bunday bemorga sochi kalta ayol erkak kishidek koʻrinadi. Bashara agnoziyasi nisbatan kam uchraydi. Odatda bu belgi koʻruv agnoziyasining boshqa turlari bilan birga kuzatiladi. Yaʼni simultant, rang, optik-fazoviy, „tana chizma“sining buzilishi bilan birgalikda namoyon boʻladi. Yuz zgnoziyasi oʻng yarimsharning orqa-ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.

Download 65.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling