Agnoziya, afaziya, apraksiya Reja
Download 65.42 Kb.
|
Nosirova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koʻruv agnoziyalari
Farg`ona Davlat unversiteti pedagogika va psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo`nalishi 2-kurs 21.16-guruh talabasi Nosirova Asilaxonning umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan mustaliq ishi Agnoziya , afaziya , apraksiya Reja: 1.Agnoziya nima? 2. Afaziya haqida ma`lumot 3.Apraksiya Agnoziya-fahmlash, tushunish qobiliyatiga ega boʻlmaslik; sezuvchanlik va ongni saqlab qolgan holda, maʼlumotni tanib olish va aniqlash qobiliyati yoʻqolgan turli xil idrokturlarining (vizual, eshitish , taktil) buzilishi. bunda bemor sezgi aʼzolari bilan narsalarni idrok qilolmaydi. Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻining ayrim qismlari zararlanganida kuzatiladi. Ko`rish, eshitish, sezgi-taktil A. si va boshqa mavjud. Koʻrish A.sida bemor soʻzlarni oʻqiy olmaydi, raqamlarni tanimaydi. Eshitish A.si (ruhiy karlik)da tanish tovushlar (parovoz ovozi, qoʻngʻiroq jarangi, suvning shovullashi va hokazo)ni bemor aniqlay olmaydi, shuningdek aytilgan soʻzlarning maʼnosiga tushunib yetmaydi. Sezgi-taktil A.sida bemor oʻzi ushlab turgan narsasining nima ekanligini aytib berolmaydi va hokazo Koʻruv agnoziyalari Avval koʻrgan va biladigan narsalarni tanishning (bilishning) turli xil buzilishlariga agnoziya deyiladi. Agnoziyada ob’ektlarni tanish buziladi. Koʻruv, eshituv, taktil va optik-fazoviy agnoziyalar farq qilinadi. Shuningdek, atrofdagi narsalarga, rangga va basharaga (yuzga) agnoziyalar kuzatiladi. „Agnoziya“ soʻzini fanga 1891 yili taniqli psixoanalitik (aslida nevrolog boʻlgan) Z.Freyd kiritgan. Koʻruv agnoziyalari bosh miya katta yarimsharlari poʻstlogining orqa tuzilmalari zararlanganda kuzatiladi va bunda koʻruv oʻtkirligi, koʻruv maydoni, ranglarni ajratish kabi oddiy qoʻruv funksiyalari saqlanib qoladi. koʻruv agnoziyasining barcha turlarida bemor atrofdagi narsalarni bemalol koʻradi, yaʼni koʻruv apparatining periferik tizimlari funksiyasi saqdangan boʻladi, lekin ularni tanimaydi, nomini aytib bera olmaydi. Xozirgacha agnoziyalarniig yagona tasnifi yuq. Mexanizmlari xam toʻlaligicha oʻrganilmagan. Baʼzi mualliflar, koʻruv agnoziyalarini tafakkur buzilishlari bilan bogʻlashsa, boshqalari esa nutq buzilishlari oqibati deb izoxlashadi. Bugungi kunda koʻruv agnoziyasining 6 ta asosiy turi farq qilinadi. Agar bemor koʻrayotgan narsasining baʼzi tomonlarini toʻgri tasavvur qilsa-da, uning nomini aytib bera olmasa, bunga narsalar agnoziyasi, agar odamlarning yuziga yoki suratiga qarab, ularni tanimasa, bunga bashara (yuz) agnoziyasi deb ataladi. Narsa va ob’ektlarni tanisa-da, ularning uch oʻlchamli fazoda joylashishini chalkashtirsa yoki tushuntirib bera olmasa, bunga optik-fazoviy agnoziya deb ataladi. Agar bemor harflarni yozsa-yu, ularning nomini aytib bera olmasa harf agnoziyasi, ranglarni ajrata olmasa rang agnoziyasi deb ataladi. Download 65.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling