Agnoziya, afaziya, apraksiya Reja
Download 65.42 Kb.
|
Nosirova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simultant agnoziya
Optik-fazoviy agnoziyaBu agnoziya asosan tepa-ensa soxasida joylashgan koʻruv analizatorlari ikkala tomondan xam zararlanganda kuzatiladi. Ammo bunday buzilishlar bir tomonlama (koʻpincha oʻng yarimshar) zararlanishida xam rivojlanadi.Ular oʻziga maʼlum boʻlgan ob’ektlarning sabzavot meva hayvon turlari, uy va turliinshootlarning tasvirini keltira olmaydi. Bu narsalarning oʻziga xos xususiyatlarini yoritib bera olmaydi. Masalan, karam qanday shaklga ega, kuchukning tuzilishi qanday boʻladi va h.k. Bemor oʻzi taniydigan odamlarni xam optik tasvirini koʻz oldiga keltira olmaydi. Unda, shuningdek, chap-ung tomonlarni tasvirlash xam buziladi. Masalan, bosh miyasining tepa-ensa boʻlimlariga (oʻng tomonda) qon quyilishi natijasida bemorda optik-fazoviy agnoziya yuzaga kelgan, yaʼni u soatning, uychaning, gulning ung tomonini chizib, chap tomonini chizmay qoldirgan. Uning uchun bu ob’ektlarning chap tomoni yoʻqdek. Bunday bemor xatto oʻzining chap tomonini xam tan olmaydi, chap qoʻli tananing qaysi tomonida joylashganini aytib bera olmaydi, falajlangan oyoq-qoʻlini tan olmaydi, yaʼni „u falajlanmagan, xozir turib qoʻl-yuzimni yuvib keldim“ deb uqtiradi. Shuningdek, bemor kuylagini, shimini kiya olmaydi, tugmalarini taqa olmaydi, urin-koʻrpalarini taxlay olmaydi va x.k. Buni „apraktoagnoziya“ yoki „kiyinish apraksiyasi“, „xolat apraksiyasi“ deb xam ataladi. Ogʻir xolatlarda bemorda nafakat oʻng-chap tomonlarni farqlash, balki yuqori-quyi koordinatlarni xam faxmlash buziladi. U rasmdagi ob’ektlarning fazoviy belgilarini taʼriflab bera olmaydi (uzok-yaqin, katta-kichik, chap-oʻng, tepa-past). Masalan, bemor odam tanasini chizmoqchi boʻlib, uning baʼzi qismlarini - qoʻlini, oyogʻini, koʻz va quloqdarini chizadi-yu, ularni tanada qanday va kayerda joylashtirish kerakligini bilmaydi. Optik-fazoviy buzilishlar baʼzan oʻqish jarayoni buzilishi bilan xam kechadi. Bunday xolatlarda bemor harflarning qanday va qaysi tomonga qarab joylashganini bilmaydi (masalan, E, Sh, P, Ya va x-k.). Bemor „D“ va „J“ kabi harflarni farqlay olmaydi. Harf agnoziyasida bemor harflarni toʻgʻri kuchirsa-da, ularning nomini aytib bera olmaydi. Albatta bu bemorda oʻqish qobiliyati buzilgan boʻladi (birlamchi aleksiya). Oʻqishning bunday buzilishi koʻruv agnoziyalarini boshqa turlaridan alohida uchragani uchun harf agnoziyasi alohida oʻrganiladi. Bunday bemor narsalarni toʻgʻri farqlaydi, tasviriga toʻgʻri baho bera oladi va xatto murakkab fazoviy tasvirlarni toʻgʻri farqlay oladi, lekin harflarni tanimaydi, ularni oʻqiy olmaydi. Agnoziyaning bu turi bosh miya chap yarimsharining (oʻnaqaylarda) chakka-ensa soxdlari zararlanganda uchraydi. Ranglar agnoziyasi ikki xil turga boʻlib oʻrganiladi. Ularning xaqiqiy turi va ranglarni tanib olish (anglash)ning buzilishlari (ranglarga koʻrlik) farqlanadi. Ranglarga koʻrlik ularni farqlashning buzilishi koʻruv yoʻllarining ham periferik, ham markaziy apparatlari buzilganda, yaʼni ham toʻrparda, ham koʻruv sistemasining poʻstloq osti va poʻstloq tuzilmalari zararlanganda kuzatiladi. Maʼlumki, ranglarni farqlashning buzilishida koʻz turpardasining degeneratsiyasi, kolbasimon xujayralar patologiyasi yotadi. koʻpincha rang agnoziyasi narsalar agnoziyasi bilan birgalikda uchraydi. Simultant agnoziyaAgnoziyaning yana bir murakkab turi — bu simultant agnoziyadir. Bunda bemor narsalarni butunlayiga emas, balki ularning boʻlagini, bir qismini koʻradi. Agar bemorga aylana va uning ichiga chizilgan kvadratni koʻrsatsangiz, u yo kvadratni, yoki aylanani koʻradi, ularning ikkalasini birga koʻrmaydi. Bemorlar uchun bitta soʻzni oʻqib, ikkinchisiga oʻtishi ham qiyin boʻladi. Shuning uchun Balint (1909) koʻruv agnoziyasining bu turini „nigoxning ruhiy falaji“ deb atagan, ilmiy adabiyotlarda bu xolatni „okulomotor ataksiya“ deb xam ataladi. Nima uchun bemor ikkita tasvirdan bittasini koʻradi yoki bitta tasvirning bir qismini koʻradi? Bu bemorda koʻz olmasining tula xarakati saqlansa-da, u narsalarni bir butunligicha qabul qila olmasligining sababi qilib, nigox boshqarilishining falaji emas, buzilishi deb tushuntiriladi. Bemorning nigoxi boshqarilmaydigan boʻlib qoladi, ixtiyorsiz xarakatlar qilaveradi, koʻz olmalari doimo harakatda boʻladi, buning natijasida koʻz orqali ob’ektni izlash, uning konturlarini yaratish buziladi. Simultant agnoziya ensa-tepa boʻlagining butunlay zararlanishlarida kuzatiladi Download 65.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling