Agrar korxonalarda eksport import operatsiyalarini tashkil etish


«B»mahsulot turi bo‘yicha mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 138.34 Kb.
bet5/7
Sana24.03.2023
Hajmi138.34 Kb.
#1291251
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Agrar korxonalarda eksport import operatsiyalarini tashkil etish

«B»mahsulot turi bo‘yicha mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar:
1. «B»mahsulot miqdorining o‘zgarishi hisobi 100-80∙3000=+6,0 ming so‘m.
2. «B»mahsulot bahosining o‘zgarishi hisobiga 3500-300∙100=5,0 ming so‘m.
Ikkala omil yig‘indisi =+6,0+5,0=11,0 ming so‘m. Yuqoridagi bog‘lanishlarni jami mahsulot qatori bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Eksport operatsiyalari tahlilida korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bo‘yicha savdo aylanmasi yoki ish hajmi o‘zgarishlariga tarkibli va umumiy asosda baho beriladi.
3. Korxona import operatsiyalari tahlili.
Import operatsiyalari tahlilida import hajmining reja va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlari va tarkibiga, shuningdek, hududlar va mamlakatlar bo‘yicha hajmiga baho beriladi.
Import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasi mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarda o‘rganiladi. Uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi va baholanadi.
Import hajmi bilan eksport hajmi orasidagi nisbat tahlilning muhim qatori hisoblanadi Ular orasidagi nisbat balansi orqali mamlakat yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulotlari aniqlanadi. Ya’ni yalpi milliy mahsulot hajmini aniqlashda tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha mutlaq farqlanish qo‘shilgan, chegirilgan holda umumiy ko‘rsatkich aniqlanadi.
Tashqi savdo aylanmasida musbat farqlanishga ega bo‘lish shartlari shu asosda boshqariladi va belgilanadi. Bu jihat o‘zgarishlar ko‘proq makro darajadagi tahlilda o‘rganiladi va mamlakat iqtisodining istiqbol ko‘rsatkichlari dastaklarini tuzib chiqishda foydalaniladi.
Import hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga tahlilda alohida ahamiyat beriladi. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida import hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning tahlilini ko‘rib o‘tish mumkin.
Xo‘jalik subyektining import hajmi rejasi bajarilishi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.



Korxonada import hajmi biznes rejaga nisbatan keskin oshgan.


Jumladan, «A» mahsulot turi bo‘yicha o‘sish 86 % ni, «B» mahsulot turi bo‘yicha o‘sish esa 2,25 martani tashkil etgan. Korxona bo‘yicha jami o‘sish 97,1 foizni tashkil etgan.
Import hajmining o‘zgarishida miqdor omil o‘zgarishi hisobiga yalpi import hajmi quyidagi o‘zgarishga ega bo‘lgan.
1. (62-50*2000+60-40*1000)=+24,0+20,0=44,0 ming so‘m.
Import hajmining o‘zgarishi baho omilining ta’sirida yalpi import
hajmi quyidagi o‘zgarishga ega bo‘lgan.
2. (3000-2000*62+1500-1000*60)=+62,0+30,0=92,0 ming so‘m
Har ikkala omil ta’sirida import hajmi o‘sishi quyidagicha bo‘lgan:
+44,0+92,0=136,0 ming so‘m.


Download 138.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling