Agrar korxonalarda eksport import operatsiyalarini tashkil etish
Download 138.34 Kb.
|
Agrar korxonalarda eksport import operatsiyalarini tashkil etish
Agrar korxonalarda eksport import operatsiyalarini tashkil etish Reja Kirish……………………………………………………………………………… 1. Korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etishning mazmuni va mohiyati…. 2. Korxona eksport operatsiyalari tahlili…………………………………………... 3. Korxona import operatsiyalari tahlili…………………………………………… 4. Eksport-import operatsiyalaridan olingan daromad va xarajatlar tahlili……….. Xulosa……………………………………………………………………………... Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………… Kirish Tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish iqtisodiy harakatda asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida olinadi. Negaki, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish va jahon bozorining aktiv ishtirokchisiga aylanish korxonalar faoliyatining muhim va samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga davlat dasturini tuzib chiqishda va bu borada iqtisodiy va huquqiy negizlarni belgilashga muhim ahamiyat qaratiladi. Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishni tashqi iqtisodiy faoliyatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu esa, o‘z navbatida faoliyatning turli sohalarida xorij bilan aloqada va hamkorlikda bo‘lishni, mahsulot, ish va xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish va unda muqim o‘rin egallashning imkon shartlarini belgilab olishni ham talab etadi. Eksport hajmi sezilarli ravishda, ya’ni 11,6 foizga o‘sdi, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xomashyo bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Tashqi savdo aylanmasidagi ijobiy saldo 1 milliard 120 million dollardan oshdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12 avgust kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish va ulardan samarali foydalanish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari bu masalalarga alohida e’tibor qaratib, doimiy muhokama qilib bormoqda. Ushbu sohalarga doir hujjatlar qabul qilinib, zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi yaratildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, 205 nomdagi tovarlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. Bunday real, amaliy chora-tadbirlar albatta o‘z natijasini bermoqda. Eksport bilan shug‘ullanadigan sub'yektlar safiga 2 mingta yangi korxona qo‘shildi, eksport geografiyasi 42 ta davlatga kengaydi, 59 turdagi mahsulot birinchi marta eksportga yo‘naltirildi. Joriy yilning yetti oyida tovarlar va xizmatlar eksporti 7 milliard 331 million dollarni tashkil etgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23 foiz ko‘pdir. Yig‘ilishda “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hamda Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlarida eksportni ko‘paytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddi rahbarlar eksportyorlarning muammolari bilan tizimli shug‘ullanmayotgani, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni tadbirkorlarga yetkazib, ularning tashqi bozorga chiqishiga ko‘maklashmayotgani tanqid qilindi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshchiligida tashkil etilgan Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularni eksport faoliyatiga jalb etishi, bu boradagi muammolarini hal etish, xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha yordam berishi zarurligi ta’kidlandi. - Eksport imkoniyatlarimiz ko‘p. Xususan, paxta tolasi va meva-sabzavotni qayta ishlab, eksportbop mahsulotlar chiqarish mamlakatimizning rivojlanish nuqtalaridan biri bo‘lishi kerak. Shu orqali eksportni ko‘paytiramiz va yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev. Ma’lumki, yurtimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari butun dunyoda qadrlanadi. Bu tayyor “brend” eksport uchun katta imkoniyatdir. Prezidentimizning shu yil 29 iyul kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazkur imkoniyatdan samarali foydalanish, agrar sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan. Unga ko‘ra, 2019-2021 yillarda umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lgan 45 ta agrologistika kompleksi, qayta ishlash bo‘yicha 205 ta yangi quvvat, 36 ming gektar intensiv bog‘ tashkil etish rejalashtirilgan. Xorijga tashriflar hamda xalqaro ko‘rgazmalar doirasida imzolangan eksport shartnomalarining bajarilishi, oktyabr oyida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomli xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilishiga oid masalalarga ham e’tibor qaratildi. Eksportyorlarning xorijdagi savdo uylari ustav kapitali miqdorini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi. Investitsiya iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi. Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati yuritilib, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar yo‘naltirilayotgani natijasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Masalan, joriy yilning birinchi yarmida 85 trillion 775 milliard so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘pdir. Asosiy kapitalda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi 2,5 barobarga oshib, 1,7 milliard dollarga yetgan. Davlat kafolati bo‘lmagan xorijiy kreditlar esa 3,7 barobar ko‘paygan. O‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarning qariyb 75 foizi hududiy loyihalarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkichlar qayd etilar ekan, endi asosiy e’tiborni yilning qolgan davrida ko‘zda tutilgan investitsiyalarni to‘liq o‘zlashtirishga qaratish zarurligi ta’kidlandi. Download 138.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling