Agrar korxonalarda eksport import operatsiyalarini tashkil etish


Korxona eksport operatsiyalari tahlili


Download 138.34 Kb.
bet3/7
Sana24.03.2023
Hajmi138.34 Kb.
#1291251
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Agrar korxonalarda eksport import operatsiyalarini tashkil etish

2. Korxona eksport operatsiyalari tahlili.
Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o‘tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda bu munosabatlarni takomillashtirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun:
Birinchidan, eksport salohiyatini tiklash, rivojlantirish va chetga chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xo‘jalik yuritish subyektlarini texnik hamda texnologik yangilash asosida yaxshilash, shuningdek, ilmiy-texnikaviy bilimlar, mehnat resurslari hisobiga ham mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalarini rivojlantirish zarur.
Ikkinchidan, importni ratsionallashtirish zarur. Chunki, import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko‘zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Import siyosatida imkon boricha tayyor transport vositalari va texnologik asbob-uskunalarni foydali qazilmalar qazish ishlari va qayta ishlovchi sohalar uchun sotib olinishi kerak. Import samarasining oshirilishida mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar o‘rnini bosuvchi va kam xarajat, jumladan, mahsulotlarni sotib olish va
olib kelish uchun ketgan xarajatlarni e’tiborga olib, ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo‘nalishlardandir.
Uchinchidan, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish. Eksport potensialini kengaytirish va jahon xo‘jaligiga kirishning integratsiyasida, yaratilayotgan mahsulotlarni iloji boricha sifatli, kam xarajatlar asosida, tashqi bozor shartlari hamda talablariga moslashtirish zarur. Bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini ichki va jahon andozalariga yaqinlashtirishni talab etadi.
To‘rtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish salohiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish kerak. Ma’lumki, chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalarni ta’minlashning yagona manbasi hisoblanadi. Shu o‘rinda, chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy tavakkalchilikdan sug‘urta qiluvchi institutlarning samarali faoliyatini ta’kidlash kerak. Shuning uchun mamlakatda chet el investitsiyasi uchun qulay shartsharoitlar,
aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qator vazifalar belgilangan.

Download 138.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling