Agrar korxonalarda eksport import operatsiyalarini tashkil etish


Tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etishning mazmuni va mohiyati


Download 138.34 Kb.
bet2/7
Sana24.03.2023
Hajmi138.34 Kb.
#1291251
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Agrar korxonalarda eksport import operatsiyalarini tashkil etish

Tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etishning mazmuni va mohiyati

Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari va jahon bozorining aktiv ishtirokchisiga aylanishi uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omili sifatida qaraladi. Chunki, mamlakatning rivojlangan, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan fan va ishlab chiqarish, mehnat taqsimoti yuzasidan iqtisodiy aloqalari bevosita tashqi iqtisodiy
faoliyatni yuzaga keltiradi. Shu boisdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga qaratilgan davlat dasturini tuzib chiqish hamda bu borada qator iqtisodiy, huquqiy negizlarni belgilash muhim hisoblanadi. Chunki, faoliyatning turli sohalarida xorij bilan aloqada, hamkorlikda bo‘lish, mahsulot, ish va xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish hamda unda muqim o‘rin egallashning shartlarini belgilab olishga imkoniyat yaratadi. Shu
o‘rinda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining quyidagi shakllarini belgilash mumkin:
- Savdo (mahsulot, ish va xizmatlar realizatsiyasi).
- Qo‘shma tadbirkorlik va boshqalar.
Oxirgi yillarda mamlakatimizni rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini ijobiy baholash mumkin. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan to‘la iqtisodiy asosga ega. Lekin iqtisodiy asoslar maqsadli va kelajakni ko‘zlab foydalanilayotgani yo‘q. Chunki, mamlakatda tashkil etilgan ayrim qo‘shma korxonalar to‘la quvvatda ishlamayotganligi natijasida iqtisodiy, jumladan: moliyaviy, moddiy, mehnat resurslaridan foyda-lanish imkoniyatlari boy berilmoqda. Bizning fikrimizcha, qo‘shma va hamkorlikdagi xo‘jalik yuritish subyektlari faoliyatni yo‘lga qo‘yishda mamlakat to‘la moliyaviy, moddiy va mehnat resurslariga ega. Respublika har qanday foydali va maqsadli loyihani moliyalashtirish imkoniyati mavjud.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili iqtisodiy tahlilning muhim bo‘limi sifatida alohida o‘rganiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda tahlilni avvalo, boshqaruvning va harakatning muhim sharti sifatida o‘tkazamiz. Tahlil etish asosida korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy shakllari, mahsulot ish va xizmatlar eksporti va importi o‘zgarishlari, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga, tovarlar eksporti va importining tuzilishiga, tovarlarni kredit shartlarida sotish va sotib olish, eksport va import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar
o‘zgarishiga baho berish, foyda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, korxona tashqi savdo aylanmasini o‘stirish yuzasidan korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlar va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab berish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning texnik loyihalarini tuzib chiqish va yo‘lga qo‘yish, korxona tashqi iqtisodiy faoliyatiga qisqacha tashxis qo‘yish va sharhlar berish tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili mazmunini tashkil etadi.
Taqqoslanuvchi muhim ko‘rsatkichlar sifatida albatta, umumlashgan holda quyidagi ikkita ko‘rsatkich olinadi.
1. Eksport hajmi.
2. Import hajmi.
Eksport operatsiyalari tahlili bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi orqali sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmi va ularning rejaga yoki o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Muhim ahamiyat eksport hajmining tarkibiga qaratiladi.
Eksport hajmi va uning o‘zgarishini omilli tahlil etish tahlilning muhim qatori sifatida qaraladi. Bunda eksport hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillari o‘rganiladi. Miqdor omil sifatida miqdoriy ifodaga ega bo‘lgan ko‘rsatkich olinadi. Sifat omili sifatida korxonaning muhim iqtisodiy samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi olinadi.
Import operatsiyalari tahlilida import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasi, tarkibi, tuzilishi, import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar, import operatsiyalari foydaliligi, import hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahliliga baho beriladi.
Import hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida import qilingan tovarlar miqdoriy hajmining, hamda import qilingan tovarlar bahosining o‘zgarishini kiritish mumkin. Kreditga olingan tovarlar va ularning yalpi import hajmidagi salmog‘iga baho berishga ham tahlilda muhim e’tibor beriladi.

Tahlil etish asosida korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning tashkiliy shakllari, mahsulot ish va xizmatlar eksporti va importi zgarishlari, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga, tovarlar eksporti va importining tuzilishiga, tovarlarni kredit shartlarida sotish va sotib olish, eksport va import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar o‘zgarishiga baho berish, foyda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, korxona tashqi savdo aylanmasini o‘stirish yuzasidan korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlar va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab berish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning texnik loyihalarini tuzib chiqish va yo‘lga qo‘yish, korxona tashqi iqtisodiy faoliyatiga qisqacha tashxis qo‘yish va sharhlar berish tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili mazmunini tashkil etadi. Taqqoslanuvchi muhim ko‘rsatkichlar sifatida albatta, umumlashgan holda quyidagi ikkita ko‘rsatkich olinadi.


Eksport operatsiyalari tahlili bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi orqali sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmi va ularning rejaga yoki o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Muhim ahamiyat eksport hajmining tarkibiga qaratiladi. Eksport hajmi va uning o‘zgarishini omilli tahlil etish tahlilning muhim qatori sifatida qaraladi. Bunda eksport hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillari o‘rganiladi. Miqdor omil sifatida miqdoriy ifodaga ega bo‘lgan ko‘rsatkich olinadi. Sifat omili sifatida korxonaning muhim iqtisodiy samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi olinadi. Import operatsiyalari tahlilida import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasi, tarkibi, tuzilishi, import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar, import operatsiyalari foydaliligi, import hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahliliga baho beriladi. Import hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida import qilingan tovarlar miqdoriy hajmining, hamda import qilingan tovarlar bahosining o‘zgarishini kiritish mumkin.
Kreditga olingan tovarlar va ularning yalpi import hajmidagi salmog‘iga baho berishga ham tahlilda muhim e’tibor beriladi. Eksport-import munosabatlarining yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o‘tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda bu munosabatlarni takomillashtirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Eksport operatsiyalari tahlili orqali korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati va uning samaradorligi ko‘rsatkichlariga iqtisodiy tashxis qo‘yiladi. Bu bevosita tashqi savdo aylanmasi hajmini o‘stirish va foydaliligini ta’minlashning mavjud ichki imkoniyatlarini o‘rganishni ham o‘z ichiga oladi. Eksport operatsiyalari tarkibini o‘rganishda yalpi eksport hajmida alohida olingan tovarlar yoki tovarlar guruhining mutlaq va nisbiy darajalariga baho beriladi. Shuningdek, tashqi savdo faoliyati bo‘yicha sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar turi bo‘yicha taqsimi, tashqi savdoning mamlakatlar bo‘yicha sotish hajmi, hududlar bo‘yicha taqsimiga (mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Yaqin Sharq mamlakatlari, Yevropa mamlakatlari va h.k.) baho beriladi. Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha reja-topshiriqlarning bajarilishiga ahamiyat beriladi. Shuningdek, tashqi savdo aylanmasi dinamik o‘zgarishlari e’tiborga olinadi. Tashqi savdo aylanmasi dinamikasi deganda, uning yillar bo‘yichi o‘zgarish darajalari tushuniladi. Tahlilda, shuningdek, eksport hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tarkibiga bevosita hisob-kitob qilinadigan, sotilgan tovarlar, ishlar va xizmat bahosinining o‘zgarishi va fizik hajmining o‘zgarishlari kiritiladi.

Download 138.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling