Agrar munosabatlar
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 93 Kb.
|
AGRAR MUNOSABATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Каримов И. А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т. “Ўзбекистон” 1998, 239-бетлар.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o’zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Renta munosabatlari – yerdan foydalanish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromadni taqsimlash va o’zlashtirish bilan bog’liqlikda vujudga keladigan munosabatlar. Differensial renta – yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad. Differensial renta I – yerlarning tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad. Differensial renta II – yerlarning iktisodiy unumdorligini oshirish natijasida vujudga keladigan qo’shimcha sof daromad. Absolyut renta – qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Monopol renta – alohida tabiiy sharoitga ega bo’lgan, noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta. Undirma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining joylashishi (yer yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi. Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq xo’jalik tarmoqlarining birligi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi – bevosita qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko’rsatuvchi sohalar. Ijtimoiy infratuzilma – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar. Agrosanoat integrasiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq sohalardagi namoyon bo’lish shakli. Adabiyotlar www.google.uz www.ziyonet.uz www.arxiv.uz www.ref.uz 1 Ўзбекистон Республикаси «Ер кодекси». Т., «Ўзбекистон», 1999 й., 20-модда. 1 Каримов И. А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т. “Ўзбекистон” 1998, 239-бетлар. Download 93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling