6.Agrar tarkib nima?
A. Agrar sohaning ishlab chiqarish omillariga bog’liq iqtisodiy, texnik va ijtimoiy elementlari yig’indisi
B. Agrar sohaning siyosiy, tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiya, eksport, import kabi yunalishlari yig’indisi
C. Foyda va xarajatlar funksiyalarini amal qilish jarayonlari
D. Qishloq xo’jaligida amal qilayotgan xo’jalik yuritish mexanizmi
7.Fanning predmeti bo’lib nima hisoblanadi?
A. Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti
B. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil qiluvchi mulkdorlar harakati
C. Tarmoq amal qilishini aniqlovchi davlat tadbirlari va harakatlari tizimi
D. Ishlab chiqarish va sotish xarajatlari
8.Agrar siyosatning aniq vazifalariga nimalar kiradi?
A. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash; daromadlilik; atrof-muhitni saqlash
B. Foyda olish; xarajatlarni kamaytirish; mahsulotlarni eksport qilish
C. Eksport; ixtisoslashtirish; fermer xo’jaliklarini rivojlantirish
D. Xalqaro ixtisoslashuv; xalqaro kooperasiya
5.2. Topshiriq. Jadvalni to’ldiring va misollar bilan tushuntirib bering.
Talabalar 4ta guruhga bo’linib 2ta guruh O’zbekistonda agrar soha va 2ta guruh oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha SWOT tahlilini amalga oshiradi.
Qo’shimcha topshiriq: Internet tizimi ma’lumotlariga asoslanib rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarning agrar siyosati vazifalarini aniqlang va uni O’zbekiston agrar siyosati vazifalari bilan taqqoslang.
Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish va yo’l-yo’riqlar berish.
Topshiriqlarni yechishning asosiy natijalari bo’yicha xulosa va takliflar.
Savol-javoblar.
Uyga vazifa.
8.1. O’tilgan mavzuni o’qib chiqish.
8.2. Berilgan tushunchalarga izohlar yozish.
8.3. Mavzu bo’yicha test va krossvordlar tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |