Darsning borishi: Talabalar bilan «Agrar siyosat va qishloq xo’jalik bozorlari» fani bilan tanishish. Fanning mazmuni, predmeti, o’rganish usullarini, vazifalari va rivojlanish tarixini tushuntirish.
Talabalarga mustaqil ishlash uchun topshiriqlar:
5.1. Test topshiriqlari.
1. Agrar siyosatning asosiy qamrab olish sohasiga nimalar kiradi?
A. Sanoat va unga bog’liq xo’jalik sohalarini
B. Qishloq xo’jaligi va unga bog’liq xo’jalik sohalarini
C. Qishloq aholisini moddiy manfaatdorligini oshirish
D. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohasini
2.Agrar siyosatning ta’rifi qaysi javobda to’g’ri keltirilgan?
A. Davlatning tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi faoliyati
B. Qishloq aholisining moddiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyati
C. Qishloq aholisini mehnat bilan bandlik muammolarini hal qilishga qaratilgan davlat faoliyati
D. Qishloq xo’jaligiga xorijiy investisiyalarni jalb qilishga qaratilgan davlat faoliyati
3.Quyidagi sohalarning qaysilari agrar siyosatga tegishli?
A. Ish haqi, mineral o’g’it, sug’urta, amortizasiya, urug’lik, ijtimoiy ajratma
B. Mehnat munosabatlari, ish bilan bandlik, aholini xorijga jo’natish
C. Agrar bozor, investisiya, kredit, moliya, texnologik faoliyat, soliq
D. Fermer xo’jaliklari, shirkat xo’jaliklari, davlat xo’jaliklari
4.Agrar qonunchilik nima?
A. Qishloq xo’jaligida va qishloq aholisi hayoti bilan bog’liq holda amalga oshayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazadigan huquqiy me’yorlar
B. Qishloq xo’jaligi tarkibini o’zgartirishga qaratilgan amaliy tadbirlar
C. Eksport faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlari
D. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar majmui
5.Agrar qonunchilik va agrar tarkib qaysi baza asosida shakllanadi?
A. Iqtisodiy siyosat bazasida
B. Tashqi iqtisodiy siyosat bazasida
C. Agrar siyosat bazasida
D. Qishloq infratuzilmasi bazasida
Do'stlaringiz bilan baham: |