Agro Inform
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbek-tilidagi-fe-l-nisbatlari-darajalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
O‘ZBEK TILIDAGI
FE’L NISBATLARI ( DARAJALARI) Malikaxon Nurutdinova, O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, Elektron pochta: malika122yun@gmail.com Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi fe’l nisbatlari va ular bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan. Nisbat shakllari semantikasi, qo‘shimchalari, ulardagi jihatlar va til vositalarining ahamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, nisbat shakllarining tuzilma ko‘rinishini har gal qanday o‘zgarayotganini sintaktik yasalish yo‘lini kuzatish bilan aniqlash mumkinligi haqida fikr bildiriladi. Tayanch so‘zlar: tilshunoslik, nisbat, so’z, semantika, leksema,o‘timli, o‘timsiz, agronomiya, dehqonchilik, harakat, holat. UO‘T: 494.3 Tadqiqot Удалить Водяной Знак Wondershare PDFelement Agro Inform 2/ 2021 48 birligi sifatida –la,-gila,-g‘ila,-kila, -qila, -(i)k,-(i)q,- (i)nqira morfemalari fe’l leksemaga nutq jarayonida shakliy qism qo‘shimchalaridan avval qo‘shiladi. Bu qo‘shimchalarning fe’l leksema semantikasiga anglashilayotgan harakat yoki holatning yuzaga chiqish jarayoniga doir qo‘shimcha ma’lumotni berishi, grammatik ma’no anglatmasligi, fe’lning sintaktik mavqeyiga ta’sir ko‘rsatmasligi grammatik ma’nolar majmuasida o‘zgarish yuz bermasligida ko‘rinadi. Misollar: "Cholning rangi oqardi. Cholning rangi oqarinqiradi. Dono kuldi. Dono kulimsiradi". Harakatning davomiyligini, qayta-qayta bajarilganini ko‘rsatuvchi –la, -kila, -qila, -gila, -g‘ila qo‘shimchalarning fe’l leksema semantikasiga ta’siri ba’zan xato gap tuzilishidagi so‘zlar qurshovining boshqaligiga olib keladi. "Xolmat to‘pni tepdi. Bolalar janjallashib bir-birlarini tepkiladilar. Obid uni yoqasidan tortdi. Shamol sochlarimni tortqilaydi". Misollardan ko‘rinib turibdiki, bu qo‘shim- chalarning ma’nolari, asosan, harakat jarayonini ifodalashiga ko‘ra farqlanadi. (uslubiy ma’no) Fe’lning nisbat shakllari Mavjud qoidalarga ko‘ra bajaruvchining harakat-holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi, fe‘ldan anglashilgan harakat- holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o‘rtasidagi munosabatni ifodalovchi fe’l shakllariga nisbat shakllari deyiladi. Nisbat qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar hisoblanadi. Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qo‘shiladi. Fe’l 5 ta nisbat shakliga ega: 1.Aniq nisbat. 2. O‘zlik nisbat. 3.Majhul nisbat. 4. Orttirma nisbat. 5.Birgalik nisbati. I. Fe’lning nisbat shakllari 1. Aniq nisbat -- 2. O’zlik nisbat -n(-in), -1(il) 3. Majhul nisbat -n(-in), -1(il) 4. Orttirma nısbat -dir, -tir,-giz, -qiz,-g‘iz, -kaz, -qaz, -t, -iz, -ar, -sat. 5. Birgalik nisbati -sh,-ish Avaylamoq, asramoq, tayyorlamoq, ta’min- lamoq, so‘ramoq, boshlamoq, taqamoq, kechmoq, isimoq, kechmoq, oqarmoq, sayramoq, erinmoq, g‘irillamoq va boshqalar. 1. Aniq ( bosh) nisbat –bajaruvchisi aniq bo‘lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli. Aniq nisbat bosh nisbat ham deb ataladi va harakat- holatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi. Masalan: Olmalar qizardi. Bola sog‘lom o‘syapti. Yomg‘ir tindi. Jismimiz yo‘qolur, o‘chmas nomimiz.(H.O) Bu xildagi gaplar- da fe’l leksemalari kesim vazifasida kelyapti. Tayyorlandi, hisoblandi - aniq nisbat, G‘azablandi - aniq nisbat. G‘azablandi so‘zida -lan qo‘shimchasi ma’noli qismlarga bo‘linmaganligi sababli, shuningdek, –lan qo‘shimchasi boshqa nisbat qo‘shimchalarida uchramaganligi uchun aniq nisbat bo‘lib, tayyorlandi, hisoblandi - so‘zlarida la - shakl yasovchi, n - nisbat shaklini yasovchi alohida- alohida qo‘shimcha vazifasini o‘tayapti. Azoblanmoq, artinmoq, bezanmoq, maqtanmoq, surilmoq, tanilmoq, tiklanmoq, yasanmoq, o‘ylanmoq, isinmoq va boshqa. 2. O‘zlik nisbati-bajaruvchining o‘z ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalashiga aytiladi. O‘zlik nisbati fe’l asosiga –(i)n, -(i)l qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil bo‘ladi. Masalan: azobladi-azoblandi, bezadi- bezandi,o‘yladi-o‘ylandi. Ozoda apil-tapil kiyindi. Dilbarning qoshlari chimirildi. Raisning gapi cho‘zildi. Gullar shabadada beozor chayqaldi. O‘zlik nisbat shakli faqat o‘timli fe’llarga qo‘shiladi: kiyindi (kiy-o‘timli fe’l) , artindi (artin- o‘timli fe’l). O‘zlik nisbati qo‘shimchalari ba’zan o‘timsiz fe’llarga ham qo‘shilib kela oladi: ajraldi, bo‘shaldi, isin, og‘rin, o‘zgaril singari. Fe’lning o‘zlik nisbat shakliga o‘tish fe’l semantikasida nozik Удалить Водяной Знак Wondershare PDFelement |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling