Agro Inform
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbek-tilidagi-fe-l-nisbatlari-darajalari
2/ 2021
49 Agro Inform ma’no o‘zgarishini keltirib chiqarib, semantik farqlanishga xizmat qiladi. Masalan: Uy bo‘shadi. Agranom ishdan bo‘shadi. Onasi dardini aytib biroz bo‘shandi. O‘timli fe’l o‘zlik nisbat shakliga o‘tgach, fe’l o‘timsizlashadi. Yayra, qichqir, bor, ek, kes, sug‘or, uxla kabi fe’llardan o‘zlik nisbati yasalmaydi. Azoblanmoq, ayblanmoq, aytilmoq, belanmoq, bezalmoq, gapirilmoq, yeyilmoq, deyilmoq, izlanmoq, kutilmoq olinmoq, ochilmoq va hokazo. Majhul nisbat — bajarilishi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’llar, bosh nisbatning asosan o‘timli fe’l leksemalari shakllaridan –l(il), -n(in) qo‘shimchalari vositasida hosil qilinadi. Masalan: 1.Qishloq xo‘jalik sohasidagi eng zaruriy ta’lim va tadbirlar ko’rildi. 2. Madaniy yashash sharoitga moslashgan o‘simliklar keltirildi. 3.Nohaqlikka yo‘l qo‘yganlar qattiq qora- lanyapti. Fe’l leksemaning muayyan harakat yoki holatini aniq ifodalasa, gapda shu harakat yoki holatni bajarilishi yoki bajarilmaganligini bildirsa, majhullik ma’nosi ham ravshanlashadi. Masalan: 1.Ertalabdan beri yuvilmagan kirlar yuvildi. 2. Bu yilgi paxta rejasi ortig‘i bilan bajarildi 3. Mehmonlar kelishiga dasturxon chiroylik bezatildi. 4.Bugun ob-havo keskin yomonlashadi, deyilmoqda. O‘zlik va majhul nisbat shakllari bir xil, ularni farqi harakat va holatni bajaruvchisini aniq bildirish yoki bildirmasligiga ko‘ra farqlanadi.O‘zlik nisbati bajaruvchisi aniq bo‘lib, ko‘pincha gapning egasi bilan ifodalanadi. Majhul nisbatida bajaruvchisi noaniq bo‘lib, gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Masalan: 1.Agronomiya fanining dehqonchilik nuqtai nazaridan qaraganda, tor ma’nosi tuproqning hosildorligini oshirib, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish usullarini o’ rgatadi. (aniq nisbat). 2.Dehqonchilik nuqtai nazaridan qaraganda, agronomiya fanida tuproqning hosildorligini oshirib, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish usullari o‘rganiladi. (majhul nisbat) izohli lug‘atdan. 1 Orttirma nisbat ko‘rsatkichlari o‘timsiz fe’llarni o‘timliga aylantirishning eng qulay vositalaridan biridir. Shu tariqa o‘timliga aylangan, asli o‘timsiz bo‘lgan fe’llardan majhul nisbati yasaladi. Masalan: 1. Sanoat xalq xo‘jaligi uchun kerakli dori- darmonlar ishlab chiqardilar. Orttirma nisbat (izohli lug‘at 13-bet). 2. Bu yil chekka qishloqlarga ham toza ichimlik suvi chiqarildi. Majhul nisbat.(“Yoshlar ovozi” gazetasi). Ayttirmoq, aldatmoq, baholatmoq, bezat- moq, orttirmoq, yoqtirmoq, ildirmoq, oqlatmoq, ulatmoq, ketkazmoq va hokazo. Har qaysi nisbat shakllarining tuzilma ko‘rinishini har gal qanday o‘zgarayotganini sintaktik yasalish yo‘lini kuzatish bilan aniqlash mumkin. So‘z shaklidagi har bir nisbat qo‘shimchasi o‘z grammatik ma’nosi bilan qatnashadi. Shuni unutmaslik kerakki, tilshunoslikda so‘zlarning mazmuni ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar orqali o‘zgarib borganidek, shakl o'zgarganda so'z ma'nosida ham o‘zgarish bo ‘ladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling