Agrobiologiya


Download 1.15 Mb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#213098
1   2   3   4
Bog'liq
TOK KASALLIKLARI-Abduqodir

Karantin tadbirlari va kurash choralari. Yangi mintaqalarga sikada tuxumlari kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Seleksiya maqsadida olib kelingan kalamchalarni uchadigan hasharotlardan himoyalangan karantin ko’chatzorlarida 1-2 yil davomida ustirib, tekshirish talab etiladi. Kalamchalarni ekishdan oldin 30°S haroratda 72 soat tutish lozim, bunda qo’zg’atuvchi xalok buladi. Tokning ba’zi Amerika turlari (kumtok, SHimoliy Amerika toki) immun va bu kasallik bilan zararlanmaydi. Kasallik tarkalgan mamlakatlarda sikadaga qarshi kurashish lozim. Bu hasharot shamol bilan 30 km masofaga uchib borishi, bir mavsumda zararlangan toklar sonini 7 marta ko’paytirishi mumkin. Kasallikka chidamli navlar o‘stirish; sikada tuxum qo‘yishi davrida va tuxumdan chiqgandan so‘ng uch hafta ichida, hammasi bo’lib mavsumda 3-6 martagacha, tokzorga insektitsid purkash, yoki vektorning tuxumlarini yo’qotish uchun kurtak yozilishidan oldin tokka Oleoparation preparati bilan ishlov berish kerak. Ta’sir etuvchi moddasi paration bo’lgan insektoakaritsidlar O‘zbekistonda tok zararkunandalariga qarshi ro‘yxatga olinmagan.

XULOSA
Tokning sariq kasalligi tok barglari zarrin sarg‘ayishi - flavescens doree kasalligi Fransiya, Italiya, Sloveniya va Ruminiyada tarqalgan. Lekin turli yo’llar orqali bizning O’zbekistonga o’tishini oldini olishimiz zarur. Tok bargini tillarang sarg’ayishi tufayli tokda fotosintezning bo’lmasligi tufayli va kasallik keltiruvchi mikroorganizm tufayli oziqning o’zlashtirilishi orqali tok asta-sekin nobud bo’ladi. Shuning uchun kasallik belgilari va oldini olish yo’llarini bilishimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Б. А. ҳасанов, Р. О. Очилов, Э. А. Холмуродов, Р. А. Гулмуродов. „Мевали ва ёнғоқ мевали дарахтлар, цитрус, резавор мевали буталар хамда ток касалликлари ва уларга қарши кураш“ Toshkent-2010

2. Abdullayev R., Utaganov X., Zuparov M., Jumanazarov G’-Bog’ va tokzorlar hosildorligini oshirish omillari. O’zbekiston qishloq xo’jaligi, №11, 2011.B-10.



3. Abdullayev R., U Nabiyev. Bog’u tokzorlar mevasi shakllanganda O’zbekiston qishloq xo’jaligi, №5, 2014.B-11.
Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling