Agrobiologiya


Download 1.15 Mb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#213098
1   2   3   4
Bog'liq
TOK KASALLIKLARI-Abduqodir

TOKNING SARIQ KASALLIGI

Tokning sariq (tok barglari zarrin sarg‘ayishi - flavescens doree) kasalligi Fransiya, Italiya, Sloveniya va Ruminiyada tarqalgan.



Kasallik belgilari. Bahorda zararlangan novdalar o‘smaydi, bo‘g‘in oralari qisqaradi, kurtaklar yozilmaydi yoki yozilishi kechikadi. Yozda chidamsiz navlarning ko’pchilligida novdalar (hosil bo‘lmasligi sababli) rezinkaga o‘xshab, pastga osilib qoladi, ba’zan novda bo‘ylab qora pustulalar paydo bo‘ladi, ularning o‘sish nuqtalari tezda nobud bo‘ladi.

Zararlangan barglar qattiqlashib, mo‘rt bo’lib qoladi, chetlari sal pastga bukiladi, oftob ta’sirida oq mevali navlarning barglari tilla-sariq, qora mevali navlarniki qizil tus oladi. Yoz oxirida barglarning asosiy tomirlarida och-jigarrang dog‘lar paydo bo‘ladi va ular nekrozlashadi; ba’zan barglarda 2-3 ta asosiy tomirlar orasida, oq mevali navlarda sariq, qora mevali navlarda qizil tusli, serqirra dog‘lar hosil bo‘ladi (134, 135 va 136-rasmlar).



Kasallik gullashdan oldin yoki gullash paytida paydo bo‘lsa, to‘pgul quriydi, keyinrok kuzatilsa, meva bandi quriydi va korayadi, uzumlar burishib, qurib qoladi Kasallik gullashdan oldin yoki gullash paytida paydo bo‘lsa, tupgul quriydi, keyinrok kuzatilsa, meva bandi quriydi va qorayadi, uzumlar burishib, qurib qoladi (137-rasm).

Tokning bu va boshqa sariq hamda virus (GFLV) kasalliklarining belgilarini (yo‘qoridagi “Tokda virus, virussimon va fitoplazmasimon organizmlar qo’zg’atadigan kasalliklar” bo‘limiga qarang) ko’p adashtirishadi. Barcha sariq kasalliklarining harakterli belgilari - 1) barg tomirlari bo‘ylab och-jigarrang va qirrali dog‘lar mavjudligi va barg chetlari pastga burailishi; 2) novdalar yog‘ochlashmasligi; 3) novdalarda qora pustulalar paydo bo’lishi; 4) uzumlar burishib qolishidir. Leafroll va corky bark viruslarida barg chetlari pastga buralishi kuzatiladi, ammo och-jigarrang yoki qirrali dog‘lar va qora pustulalar hech qachon paydo bo‘lmaydi; leafroll kasalligida novda yog‘ochlashmasligi uchramaydi; GFLV bilan kasallangan tok barglarida bunday dog‘lar bo’lishi mumkin, ammo barglar bukilmaydi va mo‘rt bo’lib qolmaydi; viruslar uzum burishib qolishiga olib kelmaydi. Qo’zg’atuvchi fitoplazmaspmon organizm maydaligi taxmin qilinadi.

U sikada (Scaphoides litloralis Ball.) vositasida tokdan vika va xrizantemaga yuqadi va ulardan tokka qayta o‘tadi, Tajribada kasallikni sog‘lom o’simlikka kurtak payvandi orqali yuqtirish mumkin.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling