Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
achitqi va jo‘xori ekstraktlari) tayyorlanadi.
Laboratoriya sharoitida mikroorganizmlarni o‘stirish uchun har bir mikroorganizmning fiziologik guruhlariga ko‘ra maxsus oziqa muhitlari tayyorlanadi. Shu sababli har bir mikroorganizmni ajratish va xususiyatini o‘rganishda oziqani tarkibi, konsistensiyasi, kelib chiqishi va ishlatilishi har xil bo‘lgan oziqa muhitlari kerak bo‘ladi. Oziqa muhitlari tabiiy yoki sun’iy bo‘ladi. Tabiiy - oziqa muhitlariga sut, tuxum, go‘sht, meva-sabzavotlar va boshqalar kiradi. Sun’iy - oziqa muhitlari alohida retseptlar asosida, o‘simlik va hayvon mahsulotlarining qaynatmalariga noorganik tuzlar hamda uglevodlar qo‘shilib tayyorlanadi. Sintetik - oziqa muhitlari asosan kimyoviy toza moddalarning (tuzlar, uglevod, aminokislota va vitaminlar va boshqalar) aniq nisbatlarida olingan holda tayyorlanadi. Oziqa muhitlari konsistensiyasiga ko‘ra suyuq, yarim suyuq va qattiq bo‘ladi. Suyuq oziqa muhitlari asosan suvdan va unda suyultirilgan moddalardan iboratdir (go‘sht suvi, go‘sht-pepton qaynatmasi, kartoshka suvi). Qattiq oziqa muhiti suyuq oziqaga jelatin (10-15%) yoki agar-agar (1-2%) qo‘shib tayyorlanadi. Yarimsuyuq oziqa muhitini tayyorlashda jelatin yoki agar-agardan kam miqdorda solinadi. Oziqa muhitlari belgilariga qarab oddiy, maxsus, elektiv va differensial- diagnostik shaklda tayyorlanadi. Oddiy oziqa -ko‘pgina mikroorganizmlarni o‘stirish uchun ishlatiladi. Bularga dukkakli pepton qaynatmasi, go‘sht-pepton qaynatmasiva go‘sht - pepton agari kiradi. Maxsus oziqa -alohida guruh yoki alohida tur mikroorganizmni ajratish uchun tayyorlanadi. Masalan, Omelyanskiy oziqa muhiti anaerob mikroblar uchun, Chapeka oziqa muhiti esa zamburug‘lar uchun tayyorlanadi. Elektiv oziqa -bitta turga mansub mikroorganizm uchun tayyorlanadi, boshqa mikroorganizmlar bunday oziqa muhitida o‘smaydi yoki rivojlanishi juda sekinlashib ketadi. Bunday oziqa muhitiga S.N.Vinogradskiyning yig‘ma oziqa muhiti misol bo‘ladi va bu oziqa ko‘pgina tuproq mikroorganizmlar uchundir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling