Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Fizik usullar bilan sterillash 
Spirt lampasi yoki gaz alangasida kuydirish. Bu usulda asosan mikrobiologik 
ilgak, preparat ninasi, pinsetlarni sterillash uchun foydalaniladi. Bu usul bevosita ish 
boshlaganda amalga oshiriladi, asosan bakterial ilgakning ilgak qismi, metall buyumlar 
(pinset, qaychi, lanset pichoq), shisha tayoqcha, buyum va qoplag‘ich oyna va boshqalar 
sterillanadi. 
Qaynatish yo‘li bilan sterillash. Bu usul bilan mikrobiologik laboratoriyada 
ishlatiladigan shisha va temir buyumlar sterillanadi. Ular sterilizatorlarga solinadi va 
ustidan suv quyiladi. Suvni yumshatish va qaynash temperaturasini oshirish uchun 
biokarbonat natriyning 1-2% li eritmasi qo‘shiladi. So‘ng 30 daqiqa davomida 
qaynatiladi. Ammo bu usul to‘liq sterillash imkonini bermaydi, chunki ayrim viruslar va 
bakteriyalarning sporalari yashash qobiliyatlarini saqlab qolishi mumkin. 
Quruq issiqda sterillash. Quruq issiq bilan sterillash uchun quritish shkafidan 
foydalaniladi, Bu shkafda narsalar 160-170ºС haroratda ikki soat saqlanadi. Asosan 
shisha idishlar (Petri likobchalar, pipetkalar) qog‘ozga o‘rab quruq issiq bilan 
sterillanadi, shunday qilinsa ularning sirtiga havodan mikroorganizmlar yuqmaydi. 
Barcha mikroorganizmlarni quruq issiq bilan o‘ldirish uchun harorat nam 
sterilizatsiyaga qaraganda yuqoriroq bo‘lishi va uzoqroq saqlanishi kerak. Sababi, quruq 
issiq bilan sterillanganda mikroorganizm hujayralaridagi suv asta-sekin bug‘lanib 
chiqadi. Mikroorganizm hujayrasida suv qancha kam bo‘lsa, uni nobud qilish uchun 
shuncha yuqori harorat kerak bo‘ladi. 


Nam sterillash. Nam sterillash, ya’ni bug‘ yordami bilan sterillash uchun Kox 
apparati yoki avtoklav ishlatiladi. Kox apparati 70-100ºС da sterillaydi. Avtoklav 100-
154ºС haroratda bosim ostidagi bug‘ bilan sterillaydi. Avtoklav qo‘sh devorli qozondan 
iborat bo‘lib, vint bilan jips yopiladigan qopqog‘i, havo va bug‘ chiqaradigan jo‘mragi 
bor. Bundan tashqari, qozonga manometr o‘rnatilgan, u avtoklav ichidagi bug‘ bosimini 
ko‘rsatib beradi. Avtoklavning ehtiyot klapani ham bo‘ladi. Avtoklavga suv quyiladi, 
suvning ustida taglik turadi, Bu taglikda bug‘ o‘tadigan teshiklar bor. Sterillanadigan 
material o‘sha taglikning ustiga joylanadi. Avtoklavda ham suv - elektr yoki gaz 
alangasi bilan isitiladi. Avtoklav qopqog‘i jips yopiladi, ichidagi suv qaynaguncha 
isitiladi. Avtoklav ichidagi butun havoni suv bug‘lari siqib chiqarguncha jo‘mragi ochib 
qo‘yiladi. Havo chiqib bo‘lgandan keyin jo‘mrak yopiladi, avtoklav ichida to‘plangan 
bug‘ esa bosimni oshiradi, natijada suvning qaynash harorati ko‘tariladi 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling