Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Gramm usulida bo‘yash.Mikroorganizmlar Gramm usulida bo‘yalish-
bo‘yalmasligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: 
1. Gramm usulida mikroorganizmlar binafsha rang bo‘yalsa gramm-musbat 
deyiladi. 
2. Gramm usulida mikroorganizmlar qizil rangga bo‘yalsa gramm – manfiy 
deyiladi. 


3- LABORATORIYA MASHG

ULOTI. 
MIKROORGANIZM HUJAYRALARINING SHAKLLARI
 
Topshiriq va mashg‘ulot о‘tish tartibi: Okulyar va obyektiv mikrometr bilan 
tanishish. Okulyar mikrometrning bо‘linishini va mikrob hujayrasining hajmini 
mazokda aniqlash. 
Kerakli jihozlar va asboblar: Mikroskop. Buyum va qoplog‘ich oynachalar. 
Bakteriologik sirtmoq. Mikroorganizmlarning sof kulturasi ekilgan probirkalar va Petri 
likopchalari. Doimiy preparatlar. Paster naychasi. Spirt lampasi. Immersion moy. 
Bо‘yoq rastvorlari. Obyektiv va okulyar mikrometrlar. Suv va kolbalar. Shtativlar. 
Uslubiy kо‘rsatma: Mikrob hujayralarini okulyar va obyektiv mikrometrlarda 
о‘lchanadi. Okulyar mikrometr dumaloq shaklda bо‘lib, shisha plastinkadan iborat. 5 
mm. uzunlikdagi shkala bо‘lib, 50 ta bо‘limga bо‘lingan. Okulyar mikrometrni okulyar 
linzalari о‘rtasiga shkalasini pastga qaratib о‘rnatiladi. 
Obyektiv mikrometr buyum oynasidan iborat bо‘lib, uning markazida 100 
bо‘limga bо‘lingan 1ml.li chizg‘ich chizilgan (bir bо‘lakchasi 10 mkm. ga teng). 
Obyektiv mikrometr okulyar mikrometrning bir bо‘lakchasi kattaligini aniqlash uchun 
xizmat qiladi. Okulyar mikrometrni okulyarga о‘rnatib, obyektiv mikrometr ning bir 
bо‘lakchasiga okulyar mikrometrni qancha miqdordagi bо‘lakchalari tо‘g‘ri kelishi 
topiladi. Obyektiv mikrometr bо‘lakchalarining kattaligi ma’lum bо‘lgach, okulyar 
mikrometr bо‘lakchalari kattaligini oson aniqlash mumkin. Okulyar mikrometr 
bо‘lakchalarining miqdori aniqlangach, obyektiv mikrometr olinadi va о‘rniga 
mikroskop stolchasiga preparat qо‘yiladi. Hujayraning о‘rtacha kattaligini aniqlash 
uchun 50-100 tacha mikroorganizm о‘lchanadi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling