Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

“Osilgan tomchi” preparati. Bu preparatni tayyorlash uchun dumaloq shaklda 
ishlangan chuqurchali buyum oynasidan foydalaniladi. Chuqurcha chetlariga vazelin 
surtiladi. 
Yog‘sizlantirilgan 
qoplagich 
oyna 
о‘rtasiga 
mikroorganizmlar 
suspenziyasining kichik bir tomchisi tomiziladi. Tomchini pastga qaratib oyna 
tо‘nkariladi va ehtiyotkorlik bilan vazelinli halqaga bosiladi. Tomchi chuqurchaning 
о‘rtasiga joylashishi, uning chetlari va tubiga tegmasligi lozim (16-rasm). Bunday 
preparatda tomchi qoplagich oynaning ichki sirtiga osilgan holda bо‘lib, germetik berk 
kamera ichida qoladi.
“Tamg‘a” preparati aktinomitsetlar va mitselial zamburug‘larning hujayralarini 
koloniyadagi tabiiy joylashishini о‘rganish uchun tayyorlanadi. Mikroorganizmlar 
koloniyasi о‘sgan qattiq muhitdan skalpel yordamida uncha katta bо‘lmagan kubik yoki 
alohida koloniya kesib olinadi va buyum oynasi ustiga qо‘yiladi. Mikroorganizmlar 
joylashtirilgan oyna yuzasi tepaga qaratilgan bо‘lishi kerak. Sо‘ngra uning ustiga toza 
qoplagich oyna qо‘yiladi, ilmoq yoki igna bilan u sal bosiladi va chetga surib 
yubormaslikka harakat qilgan holda tezlik bilan kо‘tarib olinadi.
Mashg‘ulotni o‘tish tartibi: Ezilgan va osilgan tomchi usullaridan foydalanib 
preparat tayyorlanadi. Mikroorganizmlarning harakati aniqlanadi. Qattiq va suyuq oziqa 
muhitlaridan quruq preparat tayyorlanadi va preparatlarni mikroskop ostida ko‘riladi va 
rasmlari chiziladi. 
Oddiy va murakkab bo‘yash usullari va ularni tayyorlash texnikasi ishlab 
chiqiladi. Mashg‘ulot davomida Gramm usulida sporalarni bo‘yash bilan tanishiladi, 
keyin mustaqil ravishda mazoklar tayyorlanadi, oddiy va murakkab usulda bo‘yaladi, 
preparatlarni mikroskop ostida ko‘riladi va rasmlari chiziladi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: Mikroskop. Buyum va qoplag‘ich oynachalar. 
Mikrobiologik sirtmoq. Mikroorganizmlarning sof kulturasi ekilgan probirkalar va Petri 
likobchalari. Doimiy preparatlar.Paster naychasi. Spirt lampasi. Immersion moy. 
Bo‘yoq eritmalari (Gensian violet bo‘yog‘i, fuksin, metilen ko‘ki, Lyugol). Suv va 
kolbalar. Shtativlar. 
Mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash uchun buyum oynasi bilan 
qoplag‘ich oynalar ishlatiladi.Preparat tayyorlashdan oldin buyum oynasidagi moyni 
ketkazish uchun u spirtga ho‘llangan latta, so‘ngra toza latta bilan artib quritiladi. Suv 
oyna ustida tomchilar hosilqilmasdan yoyilib ketsa, bunday oyna toza hisoblanadi. 
Mikroorganizmlarni buyum oynasiga surish uchun mikrobiologik sirtmoq 
kerak bo‘ladi. Egilgan shisha tayoqcha (shpatel) tutqich va unga biriktirilgan ingichka 
simdan iborat. Bu sim platinadan yoki qizdirilganda havo kislorodi bilan 
oksidlanmaydigan va tez qizib (cho‘g‘ bo‘lib) tez soviydigan boshqa biror metalldan 


yasaladi. Mikroorganizmlarni mikroskopda tirik yoki o‘lik holda ko‘rish mumkin. O‘lik 
mikroblar bo‘yalgan preparatlardagina ko‘rinadi. Tirik mikroblarni esa «ezilgan» va 
«osilgan» tomchi preparatlarida ko‘rish mumkin. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling