Mikroorganizmlarning sof kulturalarini qiyshiq agarda о‘sishi va Gramm usulida
bо‘yalishini tekshirish (
Xanthomonas malvacearum)
Kerakli jihozlar: Giss oziqa muhiti solingan
nabor shtativlar bilan, gо‘sht pepton
bulyoni (GPB), oddiy sut lakmus bilan, oziqa muhiti solingan (kartoshkali, glyukoza-
pektinli oziqa, gо‘sht-pepton agarli) Petri likopchalari. Agar
solib qiyshiq qotirilgan
probirkalar, bakteriologik sirtmoq, Paster naychalari, shpatel,
turli kislotalarga
shimdirilgan filtr qog‘oz bо‘lakchalari. qizil lakmus qog‘ozlari (ammiak uchun).
Mikroskop, bо‘yoqlar,
Pseudomonas fluorescens, Xanthomonas malvacearum
bakteriyalarining sof kulturalari. Tuproq, о‘simlikni zararlangan organlari.
Mikroblarning sof kulturasi olish uchun bir nechta usullar mavjud bо‘lib, kо‘p
qо‘llaniladigani bu qattiq oziqa muhitidan ajratishdir.
Bakteriyalarning
turi morfologik, fiziologik va kultural (о‘sish) xossalariga
qarab aniqlanadi.
Morfologik belgilari - bakteriyalarning shakli (kokklar,
Tayoqchalar va
boshqalar), ularning katta-kichikligi, spora hosil qilishi, harakatchanligi, Gramm usulida
bо‘yalishi kiradi.
Kultural belgilari –mikroblarning har xil oziqa muhitlarida о‘sish xususiyatlari
demakdir. Gо‘sht pepton bulyonida mikroorganizmlarni о‘sish xususiyatlari –
parda
hosil qilishi (silliq, burushgan), loyqa hosil qilishi, chо‘kma hosil qilishi kuzatiladi.
Gо‘sht pepton agarida koloniyalarning rangi, hajmi,
ustki qismi, konsistensiyasi
kuzatiladi. Ularning hajmi ularning diametri orqali aniqlaniladi. Yirik diametri – 4mm;
о‘rtacha-2-4 mm; mayda- 1-2 mm bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: