Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Moy kislota bakteriyalarining elektiv kulturasini tekshirish


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Moy kislota bakteriyalarining elektiv kulturasini tekshirish. Termostatdagi 
kartoshka to‘g‘rab solingan probirkada va kolbadagi no‘xat bulonida moy kislota hosil 
bo‘ladi. Moy kislota hosil bo‘lganini gaz ajralib chiqqanida bilamiz. Probirkadagi va 
kolbadagi bijg‘igan suyuqlikdan “ezilgan” tomchi usuli bilan tayyorlangan preparatda 
dug yoki “klostridiy” shaklidagi hamda baraban tayoqchasi yoki “plektiridiy” shaklidagi 
yirik harakatchan sporali tayoqchalar ko‘rinadi. Bular moy kislota bakteriyalardir. 
Ularda zapas oziq modda granulyoza bor. Bu modda kraxmalga o‘xshaydi. 
12- LABORATORIYA MASHGULOTI 
AMMONIFIKATSIYA, NITRIFIKATSIYA VA DENITRIFIKATSIYA 
JARAYONI 
Mashgulot uchun kerakli asbob va reaktivlar: 1) kolba; 2) pepton (eruvchan 
oqsil); 3) tuproq; 4) qizil lakmus qog’ozi; 5) qo’rg’oshin atsetat [Pb(CH
3
COO)
2
] tuz 
eritmasi va oksalat kislota (H
2
C
2
O
4
) shimdirilgan qog‘ozlar; 6) probka tayyorlash 
momiq; 7) buyum oynalari; 8) fuksin 9) mikroskop; 10) bakterial ilmoq; 11) immersion 
moy (kedr moyi). 
Bu mashg‘ulotni o‘tkazish uchun 200 ml hajmli kolbaga uning ¾ qismigacha 3% li 
pepton eritmasi to’ldirilib, eritma ichiga 0,5 gr chamasida tuproq aralashtiriladi. Tuproq 


tarkibidagi aerob va anaerob bakteriyalarning ta’siri bilan bu aralashmada 
ammonifikatsiya jarayoni boshlanadi. 
Kolba og‘ziga quyilgan momiq probkaning bir joyiga qizil lakmus qog‘oz, ikkinchi 
bir joyiga konsentrlangan oksalat kislota (H
2
C
2
O
4
) va uchinchi bir joyiga qo‘rg‘oshin 
atsetat Pb (CH
3
COO)
2
tuz eritmasi shimdirilgan qog‘oz parchalari osib quyiladi. 
Bakteriyalarga qulay sharoit yaratib berish maqsadida, kolba 30
0
C temperaturali 
termostatga o‘rnatiladi. 
Oradan bir nech kun o‘tgach, kolba probkasiga osib qo‘yilgan qog‘ozlarning 
o‘zgargan – o‘zgarmaganligi tekshiriladi. Jumladan, qizil lakmus qog‘oz jarayon 
vaqtida ajralib chiqqan ammiak ta’siridan ko‘k rangga kiradi. 
Qo‘rg‘oshin atsetat tuz eritmasi shimdirilgan qog‘oz H
2
C ishtirokida qora rangga, 
oksalat kislota shimdirilgan qog’oz indol ta’siridan pushti rangga bo‘yaladi. Shu 
reaksiyalarning hammasi ammonifikatorlar ta’siridan peptonning parchalanishi 
natijasida vujudga kelgan mahsulot borligini isbotlaydi. 
Aerob sharoitida yashab, oqsilni chiritishda qatnashadigan bakteriyalarni ko‘rish 
uchun kolba ichidagi suyuqlikning yuza qavatidan, sterillangan ilmoq yordamida bir 
tomchi olinib mazok tayyorlanadi. Mazok havoda quritilib, fiksatsiyalangandan v fuksin 
bilan bo‘yalgandan so‘ng unga bir tomchi kedr moyi tomzilib, mikroskopning 
immersion sistemasi yordamida tekshiriladi. 
Mikroskopda oval shaklli spora hosil qiladigan kichik tayoqcha batsilus 
mikoydeslar borligi ko’rinadi. Bu batsilla peretrihial hivchinli bo‘lib, oqsilni 
ammiakgacha parchalaydi. Qattiq oziq muhiti betide zamburug‘ misellari (iplari) ga 
o’hshash kaloniyalarni hosil qiladi. Oqsilni chiritishda pichan batsillasi ham aktiv 
qatnashadi. 
Anaerob sharoitida oqsilni parchalashda qatnashadigan batsillus putrifikansning 
bor-yo’qligini aniqlash uchun kolba ichidagi suvning pastki qatlamidan bir tomchi 
eritma olinib mazok tayyorlanadi. Mazok havoda quritilgandan so’ng bo‘yaladi va 
mikroskop bilan tekshiriladi. Bo’yalgan mazokda spora hosil qiluvchi baraban 
tayoqchasi shaklidagi batsilla borligi ko‘zga tashlanib turadi.
Протеусвулгарис (Proteus vulgaris) nomli bakteriya esa ingichka tayoqchalar 
shaklida ko‘rinadi. Bu bakteriya spora hosil qilmaydi. Oqsil parchalanishi natijasida 
indol va H
2
C vujudga keladi. Agar muhitiga uglevod berilsa, bu holda karbonad 
angidrid va vodorod gazlari ham ajraladi. Proteus vulgaris fakultativ anaerob bakteriya 
bo’lib, aerob va anaerob sharoitda hayot kechiradi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling