Nitrat kislota bor yo‘qligini bilish uchun oziqli muhit tomchisiga H
2
SO
4
+difenilamin
tomchisi qo‘shiladi. Nitrat kislota (HNО
3
) bo‘lsa, suyuqlik ko‘k tusga kiradi.
Oziqli
muhitdan tayyorlangan preparatda kichkina
Nitrobacter tayoqchalari ko‘rinadi.
13- LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
TUPROQ VA RIZOSFERA MIKROFLORASINI O’RGANISH
Kerakli jihozlar: Torozi toshlari bilan, tuproq, 90 ml sterillangan suv solingan
kolbalar, 9 ml suv solingan
probirkalar shtativ bilan, Petri likopchalari va Paster
naychasi. 20 ml eritilgan GPA solingan probirkalar,
buyum oynachasi, bо‘yoqlar,
bakteriologik sirtmoq, mikroskop.
Topshiriq va mashg‘ulot о‘tish tartibi: Tuproq mikroflorasini laboratoriya
sharoitida aniqlash uchun 3-4 kishi bо‘lib, brigada usulida о‘rganiladi. Tuproqni
torozida tortib olinadi va
suyultiriladi, hamda GPA solingan Petri likobchalariga ekiladi.
О‘sgan koloniyalardan preparatlar tayyorlanib, bakteriyalarning morfologiyasi yoziladi.
Bakteriologik tadqiqot natijalarini talabalar daftarlariga yozib boradilar.
Uslubiy kо‘rsatma: Tuproqdagi mikroorganizmlar soni har xil usul bilan
aniqlanadi. Shulardan
tuproqdan eritma tayyorlab, zich oziqa muhitiga ekib,
mikroorganizmlarning sonini aniqlash eng qulay usul hisoblanadi. Tuproqning
mikroflorasini aniqlashda asosan GPA yoki DPA muhitlaridan foydalaniladi.
Tuproq
mikroflorasini aniqlash uchun 10-20 sm chuqurlikdan namuna olib, 1 g tuproq tarozida
tortib olinib, eritmaning oxirgi darajasi 1:1 000 000 bо‘lguncha sterillangan suvga
aralashtiriladi. Buning uchun ajratib olingan 1 g tuproq sterillangan kolbaga solinib,
ustiga 99 ml sterillangan suv quyiladi. Sо‘ngra 3
minut davomida chayqatib
aralashtiriladi. Hosil bо‘lgan aralashmadan sterillangan pipetka bilan 1 ml olib, 9 ml
sterillangan suv solingan birinchi probirkaga quyiladi. U yaxshilab aralashtirilgandan
sо‘ng 1 minut davomida birinchi probirkadan pipetka bilan 1 ml aralashmani olib, 9 ml
sterillangan suv quyilgan ikkinchi probirkaga solinadi. Xuddi shu tartibda ikkinchi
probirkadan 1 ml olib
uchinchi probirkaga solinadi, uchinchi probirkadan 1 ml olib
tо‘rtinchi propirkaga solinadi, tо‘rtinchi probirkadan 1 ml
olib beshinchi probirkaga
solinadi. Natijada oxirgi eritmaning konsentratsiyasi 1:1 000 000 bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: