Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
Tuproqdagi
zamburug‘larning miqdorini aniqlash. Tuproqdagi zamburug‘larning sonini aniqlash uchun oldin tayyorlangan eritmadan bakteriyani ekish usulida, suslo - agarli uchta likopchaga 1 ml dan ekiladi, sо‘ngra likopchalar 5 kun davomida 25 o issiq termostatda saqlanadi. Unib chiqqan zamburug‘lar ham 1 g tuproqdagi bakteriyalar sanalgani kabi hisob qilingan usulda sanab chiqiladi. Unib chiqqan zamburug‘lar soni ma’lum bо‘lgandan sо‘ng ularning turlari va oilasi aniqlanadi. Tuproqdagi zamburug‘lar sonini S.N.Vinogradskiy va O.G.Shulgina usulida ham aniqlash mumkin. Buning uchun tuproqdan 5 g namuna olib kolbada 50 ml sterillangan suv bilan 5 minut davomida aralashtirilib emulsiya tayyorlanadi, keyin 1-2 sekund davomida tindirilgandan sо‘ng undan sterillangan pipetka bilan 0,01 ml olib 4 sm 2 buyum oynasiga tekis yoyib quritilgandan keyin alangada qizdiriladi va karbol eritrozin bilan 30 minut bо‘yaladi. Eritrozin preparatdagi mikrob hujayralarnigina bо‘yaydi, tuproq zarrachalari bо‘yalmasdan ajralib qoladi. Bо‘yalgan preparat suv bilan yuvilib quritiladi va mikroskopda immersion obe’ktiv bilan qaraladi. Mikroskopning kо‘rish maydonidagi mikroblar soni aniqlanadi. Kо‘rish maydonidagi mikroblarning о‘rtacha soni quyidagi formulaga kо‘ra hisoblab topiladi: ye + b*v , X + b*v*ye, a g bunda a – kо‘rish maydonining sathi. Uni aniqlash uchun radiusi okulyar lineyka bilan о‘lchanadi va sathi PR 2 formulasiga muvofiq hisoblab topiladi; b-kо‘rish maydonidagi mikroblarning о‘rtacha soni; v – preparat sathi (4 sm 2 – 400 mm 2 ); g – preparatga surilgan tuproq miqdori (0,001 g); ye-4 sm 2 sathidagi, ya’ni 0.001 g tuproqdagi bakteriyalar soni. X-1 g tuproqdagi bakteriyalar soni. 1 g tuproqdagi bakteriyalar bu usulda aniqlanganda juda katta son chiqadi, chunki hisobga о‘lik bakteriyalar ham kiradi. О‘lik va tirik bakteriyalarni farq qilmasdan hisobga olish bu usulning kamchiligi hisoblanadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling