Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Achitqilarning yig’ma kulturasini olish


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Achitqilarning yig’ma kulturasini olish. Boshlang’ich material sifatida 
presslangan yoki ekiladigan ishlab chiqarish achitqilaridan, pishgan uzum, rezavor 
mevalardan, pivo yoki sharbat cho’kmasidan, non achitqilari va hakozolardan 
foydalanish mumkin. Materialdan ozgina olib, solod sharbatiga (rN 4-4,5), uzum 
sharbatiga sentetik elektiv muhitga qo’shilsa va termostatda 28-30 

S da saqlansa
achitqilar avj olib rijovlanadi. Solod sharbatida avj olib rivojlanadigan miseliysi 
zamburug’larning o’sishi oldini olish uchun 4-6 hajm % etil spirt yoki 0,2 % natriy 
prapionat qo’shish mumkin. Birga uchraydigan bakteriyalar muhitga levomisetin (50 
mg/l ), neomisin (20 birlik/mg) yoki penicilli bilan streptomisining aralashmasini (50-
100 birlik/ml) qo’shib yo’qotiladi. Takomillashmagan achitqilarning yo’qotish uchun 
ozuq muhitiga 0,1-0,2 % miqdorda yod-sirka kislota yoki lizinli sintetik muhitga 
boshlang’ich materiladan qo’shiladi. Saxaromisetlarni boshqa achitqilardan ajratib 
olish uchun muhitga boshlang’ich materialdan qo’shiladi. Saxaromisetlarni boshqa 
achitqilardan ajratib olish uchun muhitga 2,5% etilasetlar qo’shib, sirka kislota bilan
muhit rN 4,0 gacha yetkaziladi. 
Moy kislota xosil qiluvchi bakteriyalarning yig’ma kulturasini olish. Buning
uchun bor (mel) qo’shilgan va sterillangan kartoshkali muhitdan foydalaniladi. 
Muhitni probirkalarga 10 ml dan yoki 100 ml li kolbachlarga 80 ml quyib ouvchan 
bug’da yoki avtoklavda 0,05 Mpa da sterillanadi. Ekishdan oldin muhitni albatta 
20-30 minut qaynatib, keyin tezda suv bilan sovitiladi. Boshlang’ich materialni 
sterillangan suvda ishqalab, probirkalarga 1-2 ml dan yoki kolbalarga 8-10 ml dan 
ekiladi. Bulardan tashqari, shakarning 10% li eritmasi to’latilgan va tubida bo’r 
cho’kmasi bo’lgan ingichka uzun bo’yinli kolbaga ham ekish mumkin. Muhitga kichik
bo’lak aynigan pishloq qo’shiladi. Moy kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning 
yig’ma kulturasini olishning oddiy (sodda) usuli quyidagicha; uzun bo’yinli kolbaga
po’chog’I archilmagan kartoshkadan bir necha bo’lak solib, ustiga suv quyiladi va 
80 S da 10 minut pasterilanadi, shundan keyin termostatga 37 S issiqa qo’uiladi. 1-2 
kundan keyin mikroskopda qaralganda suyuqlikda spora hosil qiluvchi juda ko’p
tayoqchalar borligini ko’rish mumkin. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling