Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Gelni rasmga olish. Zarur bulgan hollarda gel rasmga olinadi. Buning uchun 
ochiq diafragmada sariq yoki sabzirang rang filtrlarida rasmga olinadi. Ekspozitsiya 
empirik tanlanadi (odatda 5-10 daq). Gel akslanuvchi yoki о‘tuvchi ultrabinafsha 
nurlarida (254 nm) ultrabinafsha nuri manbai tizimiga bog‘liq ravishda yoritiladi. 
20- LABORATORIYA MASHGULOTI
O‘SIMLIK HUJAYRA VA TO‘QIMALARINI O‘STIRISH UCHUN OZIQA 
MUHITI TAYYORLASH VA STERILLASH USULLARI 
Nazariy qism: O‘simlikdan ajratilgan hujayra va to‘qimalar o‘stiriladigan ozuqa 
muhitida o‘simliklarga kerakli hamma makroelementlar: azot, fosfor, kaliy, kalsiy, 
oltingugurt, magniy, temir va mikroelementlar: bor, rux, mis, kobalt, marganets, yod 
molibden, shuningdek, vitaminlar, ugelevodlar, fitogarmonlar.EDTA (etilen-diamin-
tetrasirka kislotasi) yoki uning natriyli tuzi kiritilishi kerak. Ajratilgan hujayra va 
to‘qimalar o‘stiriladigan ozuqa muhitining asosiy tarkibiy qismini uglevodlar tashkil 
qiladi, uglevod manbai sifatida saxaroza yoki glyukozaning 20-40 g/l miqdori 
qo‘llaniladi. Kallusli to‘qimalar olishda ozuqa muhitlari tarkibiga auksin (hujayra 
dedifferensirovkasini yuzaga keltiruvchilar) va sitoqinin (dedifferensiyalangan 
hujayralarning bo‘linishini induksiyalovchi) kiritish kerak. Auksin manbai sifatida 
ozuqa muhitlarda 2,4-dixlorfenoqsisirka kislotasi (2,4-D) % 1-10 mg/ml; indolilsirka 
kislotasi (ISYU-1-30 mg/l, a-naftilsirka kislotasi (NSYU-0,1-2 mg/l kabilar ishlatiladi. 
Sun’iy ozuqa muhitlarida sitoqinin manbai sifatida kinetin, 6-benzilaminopurin (6-BAP) 
va zeatin (0,001-10mg/l) qo‘llaniladi. Qattiq ozuqa muhitni tayyorlashda 5-7 % agardan 
foydalaniladi. Makro- va mikrotuzlar va vitaminlarning eritmalari yuqori miqdordagi 
boshlang‘ich eritma holda tayyorlanib, ularni ko‘p marta suyultirib ishlatish mumkin. 
Har xil turlarga mansub o‘simliklar hujayralari, to‘qimalari va organlarini o‘stirishda 
turli tarkibdagi ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Ko‘pincha Murasige-Skuga, Uayt, 
Gamborga (V-5) ozuqa muhitlari ishlatiladi. Murasiga-Skuga ozuqa muhitlaridan 
turlicha modifikatsiyalar bilan apikal meristemalar o‘stirishida va o‘simliklarni 
mikroqo‘paytirishda foydalanish mumkin. 



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling