Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

 
18- LABORATORIYA MASHGULOTI
BAKTERIYA HUJAYRASIDAN PLAZMID DNKNI AJRATISH
Bakteriyalarda hujayra xromosoma DNKsidan tashqari xalqasimon tuzilishga 
ega bо‘lgan DNK molekulalari bо‘lib ular plazmidlar deyiladi. Plazmidlar tarkibida 
zaharli moddalarga, antibiotiklarga chidamlilik geni mavjud. Ular mustaqil ravishda 
replikatsiyalana oladi. Shu xususiyati tufayli plpzmidlardan gen muhandisligida vektor 
sifatida foydalanish mumkin. Plazmidlarni ajratish asosan 3 ta bosqichdan iborat. 
1. Bakteriya hujayralarini parchalash (lizis qilish). 
2. Plazmid DNKsini xromosoma DNKsidan ajratish. 
3. Plazmid DNKsini hujayra RNKsidan va oqsillardan tozalash. 
Material va asbob uskunalar: YE.soli bakteriyasi kloni, LV ozuqa muhiti, 1-
eritma (50 mM saxaroza, 25 mM tris NS1, rN 8,0, YumM EDTA), N-eritma ( 0,2 n 
№ON, 1% 505), 5 M kaliy atsetat rN 4,8(60 ml 5 M kaliy apetat tayerlash uchun 11,5 
ml sirka kislotasi 28,5 ml distillangan suv), 1ml 96% li etil spirti, TE- buferi


muzlatgich, stol sentrifugasi, 4 ta eppendorf probirkalari, sttrill shisha tayoqcha
parafilm, filtr qog‘ozi, 1 ml li avto-mat pipetka. 
Ishning borishi. 
1. Tanlangan koloniyani mikrobiologik sirtmoq yordamida 3 ml LV ozuqa 
muhiti va antibiotikli probirkaga solinadi va bir kecha davomida 37°S temperaturada 
о‘stiriladi. (tungi kultura). 
2. 1,5 ml tungi kulturani eppendorf probirkasiga solinadi va stol sentrifugasida 
15 daqiqa 5000 ayl/daq aylantiriladi. 
3. Chо‘kmaga 100 mkl (mikrolitr) I - eritma solinadi va aralashtiriladi. 
4. Tezda 200 mkl Ieritma solinadi va 5 daqiqa yaxshilab aralashtirilganidan 
sо‘ng muz hammomida 15 daqiqa saqlanadi. Bunda suspenziyaning rangi oqarib 
shilimshiq holiga kelishi kerak. 
5. Ustiga sovitilgan 150 mkl 3 M natriy atsetat (rN 4,8-5,0); solinadi va 
yaxshilab aralashtiriladi, bunda oq chо‘kma tusha boshlaydi. (oqsil va xromosoma 
DNKsi). 5 daqiqa 5000 ayl/daq sentrifugalanadi. 
6. Chо‘kma steril shisha tayoqcha yordamida olib tashlanadi va suyuq qismiga 1 
ml 96 % li etil spirti solinadi va plazmid DNKsi chо‘kmaga yaxshi tushishi uchun 
sovitgichga qо‘yiladi. 
7. 2 soatdan sо‘ng 3 min davomida 3000 ayl/daq sentrifu-galanadi. Chо‘kma 
xona xaroratida quritilib,150 mkl TE buferida eritiladi va plazmid DNKsi elektroforez 
yordamida tekshiriladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling