Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Ozuqa muhitlarini sterillash. Ozuqa muhitlari bosim ostida (Avtoklavda ) bug‘ 
bilan sterillanadi. Ozuqa muhitlari solingan probirkalar og‘zi paxta tiqinlar bilan 
yopilib, o‘rash qog‘oziga o‘raladi, va 120°S, 1 atmosfera bosimda 20 daqiqa davomida 
Avtoklavlanadi. 
Sovuq sterillash. Issiqlikka chidamsiz organik suyuqliklar, bakteriyalardan 
mayda teshikli (diametri 0,15-0,45 mkm tsshikli) baktsrial filtrlardan o‘tkazish orqali 
tozalanadi. 
Ishning borishi. Kartoshka apikal meristemalarini ajratish va o‘stirish uchun 
kerakli bo‘lgan asboblar, idishlar, ozuqa muhitlari sterillanib olingan bo‘lishi shart. 1. 
Petri likobchalari (2 ta), 500-700 ml-li kimyoviy stakanlar (2ta) va buyum oynachalar 
pishiq qog‘ozga o‘ralgan xolda 160°Sda 2 soat davomida quritish shkaflarida 
sterillanadi. 2. Skalpel, ajratish ninalari, pinsetlar quritish shkafida 140°Cda 1 soat 
davomida stsrillanadi va tayyorlangan asboblar laminardagi qog‘oz varaqlari orasiga 
joylanadi. 3. Og‘zi paxta tiqinlar bilan yopilgan probirkalardagi ozuqa muhitlari 1 
atmosfera bosimda 20 daqiqa davomida sterillanadi. Ozuqa muhitli probirkalar 10-20 
tadan qog‘ozga o‘ralgan bo‘lishi kerak. Bir vaqtning o‘zida o‘simlik materiallari uchun 
doka xaltachalarni qog‘ozga o‘rab Avtoklavlanadi. 
 
Nazorat savollari: 
1.Ozuqa muxitini tarkibida qanday elementlar bor? 
2.EDTA nima? 
3.Sovuq sterillash qanday amalga oshiriladi? 
22-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 
KARTOSHKA APIKAL MERISTEMASINI AJRATISH VA О‘STIRISH 
Materiallar va jihozlar: kartoshka, binokulyar lupa, skalpellar, nina, sterillangan 
oziqa muhiti. 
Qisqacha ma’lumot: Izolyatsiyalangan apikal meristemalar muhiti о‘simliklarni 
klonalmikro kо‘paytirish va kasalliklardan tozalangan ekish materiallari olishda 
ishlatiladi. 
Kasallangan о‘simliklarning uchki meristema qismi viruslardan xoli bо‘lganligi 
uchun ham ushbu metoddan tajriba ishlarida foydalaniladi. Apikal meristema 
о‘simlikning uchki tez bо‘linuvchi konussimon hujayralardan iborat bulgan qismi. 
Uning uzunligi 0,1 mm (100 mkm) va eni 0,25 mm. 


Apikal meristemalarni viruslar asoratsiz davolashning imkoni bо‘lmaganligi 
uchun, ularni 2-3 barg asosi bilan birga о‘simlikdan ajratib olinadi. Bunda apekslarning 
kattaligi 100-250 mkm dan oshmasligi kerak. 
Kartoshkadan ajratib olingan meristemalarni viruslardan tozalash uchun termo- va 
kimyoterapiya qо‘llaniladi. Termo ya’ni issiqlik bilan ishlov berilganda viruslar 
inaktivlashadi (nobud bо‘ladi), kimyoterapiya qо‘llanilganda esa viruslar rivojlanishdan 
tо‘xtaydi. 
Viruslardan 
tozalangan 
kartoshka 
о‘simligi meristemalaridan kelgusida 
issiqxonalarda viruslardan xoli bо‘lgan tuganaklar yetishtiriladi. 
Bundan tashqari viruslardan tozalangan о‘simlik yetishtirishda in vitro 
sharoitida yetishtirilgan kartoshka tuganaklaridan ham foydalaniladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling