Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Ishning borishi: 4-6°S haroratda saqlangan kartoshka tuganaklari о‘simtalar hosil 
qilishi uchun 20-22 gradus haroratli yorug‘lik tushmaydigan xonaga о‘tkaziladi. 
Hosil bо‘lgan meristemalarni ajratib olish sterillangan laminar-boksda amalga 
oshiriladi. Asboblar: shtativ, stol va binokulyar lupa spirt bilan artiladi. Pinset, skalpel 
va ignalar esa har bir meristema ajratib olingandan sо‘ng qayta spirtda artish va olovda 
qizdirish yо‘li bilan sterillab turiladi. 
Ajratib olingan о‘simtalar kimyoviy stakanga joylashtiriladi va unga 0,1% li 
diatsid (3-5 minut), 0,1% li sulema yoki 1-6 % li gipoxloridning natriyli yoki kalsiyli 
eritmasi solinadi. 
Eritmalarda sterillangan о‘simtalar kamida 3 marta distellangan suv yordamida 
yuvib tashlanadi va Petri chashkasiga joylashtiriladi. Qurib qolmasligi uchun 1-2 tomchi 
suv tomiziladi. Igna yordamida meristema atrofidagi barg va barg bandlari tozalanadi. 
100-250 mk kattalikdagi meristema tо‘qimalarini binokulyar lupa ostida igna 
yordamida bо‘laklarga bо‘linadi. Hosil bо‘lgan bо‘lakchalarni ignaning uchida oziqa 
muhiti solingan probirkalarga о‘tkaziladi. Har bir jarayon sterillangan asboblarda 
amalga oshiriladi. Probirkaning og‘zi spirt lampasi yordamida sterillab, qopqoq bilan 
yopiladi. Probirkalarni shtativga qistirib yorug‘lik kamerasiga qо‘yiladi. 
Oziqa muhiti 
sifatida 
modifikatsiyalangan 
va 

atm 
bosimda 
20 
minutdavomida avtoklavda sterillangan M-S dan foydalaniladi. 
2-chi haftadan boshlab kuzatuv amalga oshirib boriladi va meristemadan 
о‘simtalar paydo bо‘lishi jarayoni bosqichma-bosqich chizib boriladi. 
23-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 
KARTOSHKA NIHOLLARINI QALAMCHALAR 
MIKROKО‘PAYTIRISH
 
Apikal meristemalardan olingan virussiz kartoshka о‘simliklari sun’iy ozuqa 
muhitlarida kо‘paytirilishi kerak. Kartoshkani kо‘paytirishning keng tarqalgan usuli bu 
probirkadagi kulturada о‘simlikning qalamchalanishidir. Buning uchun о‘simlik 


probirkadan olinadi, har birida bargli poya va qо‘ltiq kurtak bо‘lgan bо‘laklarga 
bо‘linadi. Har bir qalamcha Murasige-Skuga ozuqa muhiti solingan probirkalarga 
о‘tqaziladi. Qalamcha yordamida kо‘paytirish novdaning о‘sish nuqtasini olib tashlash 
yо‘li bilan apikal ustunlikni kamaytirib, yon meristemalarning faollanishiga asoslangan. 
Qalamchaning yon kurtagini ozuqa muhitiga о‘tkazilganda undan novda о‘sib chiqadi. 
Keyingi qalamchalash har 14-21 kundan sо‘ng olib boriladi. Bitta о‘simlikdan 5-8 
qalamcha olinadi. 3 oy mobaynida qalamchalash yо‘li bilan 3-5 ming о‘simlik, 7 oy 
ichida esa kо‘payish koeffetsentini 1:30-40 mingga yetkazish mumkin. Sо‘ngra, 
sog‘lomlashtirib ekiladigan materiallarni kо‘paytirishning keyingi bosqichi, yani 
issiqxonalarda olib boriladigan bosqichiga о‘tiladi. Bunda probirkadagi о‘simliklar 
agarli ozuqa muhiti bilan birgalikda tuproqli tuvaklarga ekiladi. О‘simliklar 3-7 kuni 
Knop eritmasi va Murasige-Skuga bо‘yicha mikroelementlar bilan 5 ml boshlang‘ich 
eritmaning 1x100 konsentratsiyali 1 l suvdagi eritmasi bilan oziqlantiriladi. 7-10 kundan 
sо‘ng о‘simliklar virussiz tuganaklar olish uchun, issiqxonalarga doimiy joyiga 
о‘tkaziladi va olingan hosil keyinchalik dalaga ekiladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling