Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Kerakli asboblar va reaktivlar: Mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynachalar
mikrobiologik sirtmoq, shishatayoqchalar. Bo‘yoqlar (fuksin va metilen ko‘ki) 1% li 
fenol eritmasi, 0,2% mis kuporosi, efir, FeCl
2
eritmasi. 
Sut kislotali bijg‘ishga sut kislotali bakteriyalari sabab bo‘ladi. Sut kislota 
bakteriyalari – fakultati va aeroblar, ammo ular anaerob sharoitni yaxshi ko‘radi, 
shunday bo‘lgach, sut kislota hosil qilib bijg‘ish – ularning anaerob nafas olishi 
demakdir. Sut shu bakteriyalarning oziqlanishi uchun qulay muhitdir, chunki sutda 
shubakteriyalarning hayot faoliyati uchun zarur qand va boshqa moddalar bor. Sut 
kislota bakteriyalari sutni bijg‘itar ekan, birtalay sut kislotani hosil qiladi. Shu sababli 
qatiqda sut kislotali bakteriyalari va birozgina achitqilar bo‘ladi. Sut kislota 
bakteriyalari ikki guruhga bo‘linadi: 
Tipik sutkislota bakteriyalari- sporasiz, harakatsiz, gramm-musbat, fakultati va 
anaerob kokklar va tayoqchalardan iborat bo‘lib, bir talay sutkislota hosil qiladi. Sut 
mahsulotlarida va achitilgan sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi. Asosiyvakillari:
Sut kislota streptokokkiStreptococcuslactis sutda bo‘ladi; yirik sut kislota 
tayoqchalari -Bact. bulgaricum (bulg‘ortayoqchasi) bular ham sutda uchraydi; sut 
kislotaning mayda tayoqchalari - Bact. cucumeris fermentati- bodringni achitadi va 
Bact. brassicae- karamni bijg‘itadi. 
Bu bakteriyalar bilan tanishmoq uchun qatiq va sutdan hamda muzlagan 
sabzavotlar 
suvidan 
preparat 
tayyorlab 
quritilib 
spirtalangasida 
yoki 
Nikoforovaralashmasida qotirilib, metilen ko‘ki yoki karbolfuksini bilan bo‘yalib, 
mikroskop ostida immersion ob’yektiv bilan ko‘riladi. Spirt va efir mikroblarni 
o‘ldiradi, ularni oynaga yopishtiradi va preparatni bo‘yashga halal beradi. 


11.3-rasm Sut kislotali bijg‘ish asosida olinadigan sut mahsulotlari 
Sut moyni eritib yuboradi. Mikroskopda ko‘rilgan sut kislota bakteriyalarining 
rasmi daftarga chiziladi. Muhitda sut kislota borligini aniqlashda asosan quyidagi 
usullardan foydalaniladi. 
1) qatiqda sut kislota borligini bilmoq uchun Uffelman reaksiyasi o‘tkaziladi. 
Buning uchun bir foizli fenol eritmasidan 5 mlolib, kuchsiz Fe Cl
2
eritmasidan bir necha 
tomchi qo‘shilsa, sut kislotaning temirli tuzi hosil bo‘lishi tufayli eritma sarg‘ayadi.
2) sabzavotni achitadigan sut kislota bakteriyalarini aniqlash uchun tuzlangan 
bodring yoki karam suvidan 1-2 ml olib, filtrlab hosil bo‘lgan filtratga 5ml 
sulfatkislotava10tomchito‘yintirilgan mis kuporosi eritmasidan qo‘shib yaxshilab 
aralashtirilib, 100ºС issiq suv hammomida 5 daqiqa saqlab, so‘ngra sovitiladi va 1-2 
tomchi 0,2% tiofenning spirtdagi eritmasidan qo‘shiladi. Agar filtratda sut kislota 
bo‘lsa, filtrat to‘q qizilrang hosil qiladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling