Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chin achitqilar oilasi ikki guruhga bo‘linadi
Kerakli asboblar va reavtivlar: mikroskop, buyum va qoplag‘ich oynachalar,
mikrobiologik sirtmoq, shisha tayoqchalar, bo‘yoqlar (fuksin, metilen ko‘ki) Lyugol eritmasi, glyukozaning 10% li eritmasi, achitqilar, kolbalar, rezina probkalar bilan, tarozi va toshlari, termostat. Mikroorganizmlar o‘sishi va rivojlanishi asosan o‘ziga azot saqlamagan organik birikmalarni parchalanishidan ajralgan energiya hisobiga amalga oshadi. Faqat ayrim bakteriyalargina energiya manbai sifatida quyosh yoki mineral moddalarni oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiyadan foydalanadilar. Bijg‘ish natijasida energetik mahsulotdan energiya to‘liq ajralmaydi unda spirt, sut kislota, moy kislota va boshqa moddalar hosil bo‘ladi. Spirtli bijg‘ishda qand parchalanib, etil spirti va СО 2 vujudga keladi. Spirtli bijg‘ishni achitqi zamburug‘lari, ayrim bakteriyalar (Sarcina ventriculi va boshqalar) va mukor zamburug‘lari keltirib chiqaradilar. Lekin amaliy ahamiyatga ega bo‘lgani achitqi zamburug‘lari hisoblanadi. Spirtli bijg‘ish - achitqilarning anaerob nafas olishi demakdir. Spirtli bijg‘ish formulasi shunday: С 6 Н 12 О 6 =2С 2 Н 5 ОН + 2СО 2 = 2ккал. Achitqilar - fakultativ anaeroblar. Ular aerob sharoitda ham, anaerob sharoitda ham yashayveradi. Achitqilar chin achitqi va soxta achitqilar degan oilaga bo‘linadi. Chin achitqilar oilasi ikki guruhga bo‘linadi: madaniy achitqilar va yovvoyi achitqilar. Madaniy achitqilar non yopish, vino tayyorlash korxonalarida ishlatiladigan achitqilardan iborat bo‘lib, Saccharomyces туркумига kiradi. Ular yirik, yumaloq yoki cho‘zinchoq bo‘lib, kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Hujayralarda zapas oziq modda – glikogen (hayvon kraxmali) bor. Achitqi hujayralaridagi glikogenni aniqlash uchun “ezilgan” tomchi preparati quyidagicha tayyorlanadi: buyum oynasiga suv o‘rniga Lyugol eritmasidan bir tomchi tomiziladi, unga achitqilarni aralashtirib, qoplag‘ich oyna yopiladi. Achitqi hujayralaridagi glikogen donalari qizg‘ish-qo‘ng‘ir tusga kiradi. Pivo yoki xamir achitqilari bilan tanishish uchun quruq mazok tayyorlanadi. Preparat metilen ko‘ki bilan bo‘yaladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling