Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-LABORATORIYA MASHG ‘ ULOTI. MOG‘OR ZAMBURUG‘LARI MORFOLOGIYASINI О‘RGANISH Kerakli jihozlar
Fiziologik
belgilariga – oziqlanish xarakteri: uglevod manbalarida (monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlar, spirtlar, moylar va xakazo): azot manbalaridan (oqsil, pepton, aminokislotalar, mineral azot tuzlari, erkin azotdan) foydalanadilar; uglevodlarda о‘sganda gaz, kislota va spirt hosil qiladi; nafas olish xarakteri –havo kislorodiga munosabatidir (aeroblar, anaeroblar,fakultativ anaeroblar). 8-LABORATORIYA MASHG ‘ ULOTI. MOG‘OR ZAMBURUG‘LARI MORFOLOGIYASINI О‘RGANISH Kerakli jihozlar: mikroskop, buyum va qoplog‘ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, Petri likopchasi, 40% li formalin, 96% li etanol, bо‘yoqlar, Lyugol eritmasi, glyukozaning 10% li eritmasi, kolbalar rezina probkalar bilan, zamburug‘ mitseliysi yoki sporasi. Zamburug‘lar (mikromitsetlar eukariot organizmlarning katta gruppasini о‘z ichiga oladi. Eng sodda zamburug‘larning vegetativ tanasi qobiiqsiz bitta hujayradan iborat bо‘ladi. Mitseliyli turlarining kо‘pchiligida bu hujayra shoxlanuvchi ingichka ipchalar- gifalar chigalidan iborat bо‘lib, mitseliy hosil qiladi. Mog‘or zamburug‘lari xlorofilsiz mikroorganizmlardir. Shuning uchun ular faqat organik birikmalar uglerodidan foydalanib oziqlanadi, ya’ni ular geterotroflardir. Aerob zamburug‘lar turli substratlar yuzasida, faqat kislorod mavjudligida yashaydi. Hujayralarida differensiyalangan yadrosi bor. Mog‘or zamburug‘lari ozuq muhitiga talabchan emas, ya’ni muhit tanlamaydi, past temperaturaga yaxshi chidaydi, muzlatkich kameralarda ham yashab, kо‘paya oladi. Ular orasida saprofitlar ham, parazitlar ham uchraydi. Zamburug‘lar olti sinfga bо‘linadi: xitridiylar (Chytridiomycetes), oomitsetlar (Oomycetes), zigomitsetlar (Zygomycetes) - bular tuban zamburug‘lardir; askomitsetlar (Ascjmycetes), bazidiomitsetlar (Bazidiomycetes) va deyteromitsetlar takomillashmagan zamburug‘lardir. (Deuteromycetes, Fungi imperfecti) dir; bular yuksak zamburug‘lardir. Petri likopchasidagi quyuq oziq muhitiga zamburug‘ mitseliysi yoki sporasi (konidiyasi) shtrix usulda yoki sanchib ekiladi. 15-25 kun davomida har 2-3 kunda kо‘z bilan chamalab kuzatib boriladi. Har gal kuzatilganda: koloniyaning о‘lchami (yirik- maydaligi), shakli, zich yoki siyrakligi, tashqi chetining tuzilishi, о‘rtasining tuzilishi, о‘rtasining tuzilishi yuzasi, koloniyalarning, mitseliyning va kо‘paytish organlarining rang, substratning va koloniya tubining rangi, tomchi suyuqlik ajralishi aniqlanadi. Mitseliy hosil qiluvchi zamburug‘lar quyuq muhitda yumaloq yoki yuzada keng tarqalgan, substrat ichiga о‘sib kirmaydigan, pahmoq, ipsimon, о‘rgimchak tо‘risimon, paxtaga о‘xshagan yoki unli koloniyalar hosil qiladi. Kо‘pchilik turlarining vegetativ mitseliysi bо‘yalmagan. Faqat meva hosil qiluvchi mitseliysi pigmentli bо‘ladi. Shuning uchun yosh koloniyalari oq yoki och kulrang bо‘ladi. Meva hosil qiluvchi organlari rivojlana borgan sari koloniyalar sariq, pushti, qizil, yashil, qora va hokazo rangga kiradi. Shundan keyin bakteriyaning mitseliysi va kо‘payish organlari mikroskopda о‘rganiladi. Bunda stereoskopik yoki oddiy mikroskopda о‘rganish vakoloniyalarni bevosita Petri likopchasining о‘zidan kо‘rish mumkin. Mikroskopda 80-200 marta kattalashtirib qarab, ochiq mitseliylar borligi, ularning xarakteri, xlamidosporalar va sklerotsiylar hosil bо‘lishi, sporangiyaband va konidiyabandlarning, boshchalari sporalari va konidiyalarning joylashuvi aniqlanadi. Koloniyaning cheti, pigmentlangan va bо‘lmagan qismlari chegarasi va о‘rta kuzatiladi. Mikroskopda kо‘riladigan preparatlar qizdirib, sо‘ngra sovitilgan ikkita preparat oval ignada tayyorlanadi. Ignalarda mitseliyni meva hosil qiluvchi gifalari va yupqa ozuq muhiti bilan oynasidagi 1:1 nisbatda olingan bir tomchi strukturasini buzib yubormasdan. Gifalarni ninada tо‘g‘rilab (tekislab), ustiga qoplagich oyna yopiladi va sekin bosiladi. Preparat dastlab 8x yoki 10x, keyin 40x obyektivda qaraladi. Meva hosil qiluvchi gifalarning tuzilishi, sporalar (konidiyalar) ning о‘lchami, shakli va tuzilishi 600-800 marta kattalashtirib о‘rganiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling