Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6- LABORATORIYA MASHG ‘ ULOTI MIKROORGANIZMLARNI EKISH VA SOF KULTURASINI AJRATIB OLISH USULLARI.
- Kerakli jihozlar va asboblar
- Uslubiy kо‘rsatma
Go‘sht pepton agari. Sovuq go‘sht pepton buloniga 1,5-2% agar qo‘shib, uni
bo‘ktirish maqsadida 5-10 daqiqa shu holda qo‘yiladi, so‘ngra suv hammomida agar erib bo‘lguncha qizdiriladi. Shu tariqa tayyorlangan go‘sht pepton agari probirkalarga quyilib, avtoklavda 120ºС da 30 daqiqa sterillanadi. Agar-agar muhitining suyulish harorati 100ºС atrofida, qotish harorati esa 40-45ºС 6- LABORATORIYA MASHG ‘ ULOTI MIKROORGANIZMLARNI EKISH VA SOF KULTURASINI AJRATIB OLISH USULLARI. Topshiriq va mashg‘ulot о‘tish tartibi: Mikroorganizmlarni oziqa muhitiga ekish usullari va texnikasi bilan tanishish. Har bir talaba bakteriologik sirtmoq bilan gо‘sht- pepton bulyoni, gо‘sht-pepton agari solingan probirkalarga va Petri likobchalariga mikroorganizmlarni ekib sof kultura ajratishni о‘rganadilar. Mikroorganizmlarni о‘stirish uchun qо‘yiladigan termostat bilan tanishish. Kerakli jihozlar va asboblar: Mikroorganizmlar ekilgan probirkalar (Bacillus subtilis, Bacterium coli, Sarcina flava). Gо‘sht-pepton bulyoni, gо‘sht-pepton agari, kartoshkali agar, Chapeka oziqasi solingan probirkalar va Petri likobchalar. Bakteriologik sirtmoq. Sterillangan Paster naychalari. Spirtovka, gugurt. Termostat. Uslubiy kо‘rsatma: Mikroblarni о‘stirish uchun sterillangan oziqa muhitlari tayyorlanadi. Tarkibida mikroorganizmlar bо‘lgan materialni (tuproq, suv, oziq-ovqat) sterillangan oziqa muhiti yuzasiga tushirish ekish deyiladi. О‘stirilgan mikroorganizmlarni oziqa muhiti solingan bir probirka, kolba yoki Petri likobchasiga ekish qayta ekish deyiladi. Mikroorganizmlarni oziqa muhitiga ekkanda havodan yoki tevarak-atrofdagi narsalardan yot mikroblarning tushishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi: - Spirt lampasi yoqiladi; - Chap qо‘lga ikkita – birinchisi, unib chiqqan va qayta ekiladigan mikroblar, ikkinchisi, sterillangan oziqa muhiti solingan probirkalar olinadi. Mikroorganizmlar unib chiqqan probirkadan ikkinchi probirkaga mikroblar olib ekiladi. Probirkalar gorizontal ushlanadi. - Bakteriologik sirtmoq tikka ushlanib, spirt lampasining alangasida qizarguncha qizdiriladi. Sо‘ng sirtmoq alanga ustidan yotiq holda о‘tkaziladi, sirtmoqning simigina emas, dastasini ham mikroblar nobud bо‘lishi uchun alangadan о‘tkazish kerak. - Ikkala paxta probka о‘ng qо‘lning kichik barmog‘i bilan kafti orasida ushlanib, probirkalar ochiladi. - Ikkala probirkaning chetlari spirt lampasining alangasiga tutib qizdiriladi. - Sirtmoq mikrobli probirkaga tiqilib, avval mikrobsiz joyiga tegiziladi, bundan maqsad, sirtmoqning haddan tashqari qizib ketmaganligini tekshirib kо‘rishdir, sо‘ngra sirtmoq bilan mikroblar yoki mikroblar aralashgan suyuqlikdan bir oz olinadi, bunda sirtmoqning probirkaning devorlariga tegizmasdan yangi sterillangan oziq muhiti ustiga surkaladi yoki oziqa muhiti suyuq bо‘lsa, suyuqlikka botirib olinadi - Paxta probkalarning pastki uchlari va probirkalarning chetlari alangaga tutib kuydiriladi va ikkala probirkaning og‘zi yopiladi. - Sirtmoqning spirt lampasining alangasiga tutib qizarguncha qizdiriladi. Anaerob mikroorganizmlarni ekish uchun ular zich oziqa muhitining (GPA, GPJ) orasiga kiritiladi, bunda u sanchib ekiladi. Buning uchun bakteriologik nina ishlatiladi. Bunday nina simining uchi sirtmoqqa о‘xshab qayrilgan emas, balki о‘tkirlangandir. Yuqorida keltirilgan qoidalarga amal qilib, bunday nina bilan bir oz mikrob olinib, qattiq oziqa muhiti ustuncha shaklida qotgan probirkaning tagigacha sanchiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling