Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

Material va asbob uskunalar: kartoshkaning probirkadagi ozuqa muhitli 
probirkalar, steril skalpel, pinsetlar va Petri likobchalari. 
Ishning borishi. Laminarda probirkadan kartoshka о‘simligi Petri likobchasiga 
olinadi, har birida bargi va qо‘ltiq kurtagi bо‘lgan poya bо‘laklariga bо‘linadi. Barg 
tagidagi poya qismi barg ustidagi poya qismidan 2-3 marta kichik bо‘lishi kerak. Ish 
davomida sterillikka katta ahamiyat berilishi lozim. Qalamchalarni modifikatsiyalangan 
Murasige-Skuga ozuqa muhitli probirkalarga olib ekiladi. Bunda, mikroorganizmlar 
tushishining oldini olish uchun probirka og‘zi va paxta tiqinlar spirtovka alangagida 
sterillanadi. Qalamchali probirkalar rasmi chizib olinadi va yorug‘lik kamerasiga 
qо‘yiladi. Novdaning rivojlanishi 7- 14 kundan sо‘ng kuzatiladi va о‘simlikning 
rnvojlanish bosqichlari chizib boriladi. 
24-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 
KARTOSHKADAN MIKROTUGANAKLAR OLISH 
Materiallar va jihozlar: kartoshkaning probirkada yetishtirilgan о‘simligi, 
sterillangan skalpel va pinset, sterillangan yostiqcha yoki Petri chashkasi, spirt 
lampasi, kartoshka kallusi yetishtirishga mо‘ljallangan oziqa muhiti, qaychi, gugurt. 
Qisqacha ma’lumot: Tarkibida fitogarmonlari bо‘lgan oziqa muhitiga ekilgan 
kartoshka tо‘qimasi hujayralari, yetkazilgan zararga javob tariqasida differensiyalanib, 
bо‘lina boshlaydi va kallus hosil qiladi. 
Kallus tо‘qimani kartoshka о‘simligining barcha tо‘qimalaridan, ya’ni bargidan 
poyasidan, tuganagidan yoki changchilaridan ham olish mumkin. Biz kartoshkaning 
poyasidan kallus olish usulini kо‘rib chiqamiz. 


Ishning borishi: Dastlab laminar boksni spirt bilan sterillab olinadi. 
Probirka ham spirt bilan artib, og‘zini spirt lampasida kuydiriladi. Steril sharoitda 
probirkada о‘stirilgan kartoshka о‘simligini pinset yordamida olib sterillangan 
yostiqchaga qо‘yiladi. 
О‘simlik pinset yordamida ushlab turilgan holda uzunligi 5-10 mm bо‘lgan bо‘laklarga 
bо‘linadi. О‘simlik kesmalarda bо‘g‘imlar bо‘lmasligi kerak. Skalpel yordamida har bir 
eksplantda kesiklar qilinadi (keyinchalik aynan shu kesiklar bо‘lgan joyda kalluslar 
paydo bо‘ladi). 
Agar-agar muhitini erishishgacha qizdirib, 37-46 gradusgacha sovutiladi (haroratni qо‘l 
bilan aniqlasa ham bо‘ladi, idishning osti issiq bо‘lishi kerak). Sо‘ng sterillangan Petri 
chashkalariga 15-30 ml miqdorida oziqa muhiti qо‘yib chiqiladi. Muhit qattiq shaklga 
qaytganidan sо‘ng, eksplantlar pinset yordamida kо‘chirib о‘tkaziladi. Har bir Petri 
chashkasida eksplantlar 10-20 tadan oshmasligi kerak, ular ekilganda oziqa muhiti bilan 
yaxshi aloqada bо‘lishi uchun pinset yordamida muhitga chuqurroq kiritiladi. Petri 
chashkalari qopqog‘i germetik ravishda berkitiladi va 22-25 gradusli termostatga 3 
haftaga о‘stirish uchun joylashtiriladi. 
3 haftadan sо‘ng xosil bо‘lgan kallus tо‘qimalari kо‘zdan kechiriladi va ularning 
shakli chizib olinadi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling