Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari. 1.Tuganak bakteriya nima. 2.Odatda reaksiya qanday bo’lishi kerak. 28-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Material va asbob uskunalar: 10 gr no‘xat yoki loviya, steril kolbalar. 2gr agar
agar, Petri likobchasi, dukkakli o‘simliklar tuganaklari. 25 – 30 0 C li termostat. Mikroskop. Fuksin bo‘yog’i. Ishning borishi: tuganak bekteriyalarning toza kulturasini ajratib olish uchun quyidagi ozuqa muhitidan foydalaniladi. Tuganak bakteriyalarning undirish uchun no’xat yoki loviyadan tayyorlangan bulyon oziq muhiti sifatida olinadi. Bulyon quyidagi usulda tayyorlanadi; 100 ml suvga 10 gr no‘xat yoki loviya solinib, dukkaklari yorilguncha (30-40 minut) qaynatiladi va sterillangan kolbaga filtrdan o’tkazib quyiladi. Filtrlangan suyuqlikni hajmi kamaygan bo’lsa, yana 10 ml gacha etguncha sterillangan suv qo’shiladi, so‘ngra reaksiyasi aniqlanadi. Odatda reaksiyasi neytral bo’lishi kerak. Hosil bolgan no’xat bulyoniga shaker va 2gr agar – agar qo‘shilib eritiladi. Tayyorlangan muhit Petri likobchalariga qo’yilib qotiriladi. So‘ngra dukkakli o‘simlik tuganaklaridan siqib olingan shira ekiladi. Likobchalar bir necha kun davomida 25 – 30 0 C termostatga saqlanadi. So’ngra ozuqa muhiti yuzasidan unib chiqqan koloniyalardan preparat tayyorlanib, metilen ko‘ki, fuksin yoki Gramm usulida bo‘yalib, mikroskopda ko‘riladi. Muhit ustida unib chiqqan to‘plamlar oqish, mayda, shilimshiq bo‘yaladi. Nazorat savollari. 1.Tuganak bakteriya nima. 2.Odatda reaksiya qanday bo’lishi kerak. 28-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI NITRAGIN, AZOTOBAKTERIN, FOSFOBAKTERIN OLISH TEXNOLOGIYASI Nitragin preparati Rhizobium turkumi bakteriyalarining toza kulturasini saqlovchi preparatdir. Tuganak bakteriyalari aerob, kichik, sporasiz tayoqchadir. Ma’lum bakteriya shtammlari bir biridan о‘simlik bilan simbioz holda atmosfera azotini о‘zlashtirish faolligi bilan farq qiladi (faol, kam faol, faol emas). Bularning aniq turlari atmosfera azotini fiksatsiya qilish qobiliyatini faqatgina aniq xо‘jayinо‘simlikdagina namayon qiladi. Rossiyada nitraginning ikki turi: tuproqli va quruq preparatlari ishlab chiqariladi. Tuproqli nitraginda tuganak bakteriyasi kulturalari steril tuproqda rivojlanadi. Nitragin ishlab chiqarish texnologiyasi yetarli darajada samarali emas, chunki bunda yuqori sifatli preparat olish imkoniyati yо‘q. Quruq nitragin о‘zida tuganak bakteriyalar bilan qо‘shimchalarning (torf, bentonit) birgalikdagi kukunini mujassamlashtiradi. Tuproqli nnitraginga nisbatan quruq nitragin preparati yuqoriroq samaradorlikka egadir. Quruq nitragin ishlab chiqarish texnologiyasi mikrobiologik ishlab chiqarish texnologiyasidagi asosiy xarakterli bosqichlardan iborat (5-chizma). Har bir dukkakli о‘simlik turi uchun muvofiq tuganak bakteriya turidan о‘stirilib quruq nitragin preparati tayyorlanadi. Agarli oziqada о‘stirilgan dastlabki tuganak bakteriya kulturasidan ekish materialini olish uchun uni suyuq oziqa muhitida 28-30 O C haroratda 24-48 soat davomida о‘stiriladi. Suyuq oziqa muhiti tarkibi bakteriyani barcha bosqichlarda о‘stirish uchun bir xildagi tarkibga ega bо‘ladi: melassa, makkajо‘xori ekstrakti va mineral tuzlar (NaHCO 3 , (NH 4 ) 2 SO 4 , MgSO 4 , K 2 HPO 4 , temir tuzi, molibden va h.k.). О‘stirilgan kulturalar 1 ml da 810 mlrd. hujayra saqlaganda ularni sig‘imi 100-150 l bо‘lgan о‘stirish inokulyatorlariga ekish mumkin. О‘stirish 30 O C haroratda doimiy aralashtirish va aeratsiyada 18-24 soat davomida olib boriladi. Tayyor ekish materiali 1 ml da 2 mlrd. hujayra saqlaydi va shundan keyingina uni sanoat fermentyoriga ekish uchun yо‘naltirish mumkin. Fermentyorda fermentatsiya jarayoni 28-30 O C haroratda intensiv aralashtirish va aeratsiyada 48-72 soat davomida olib boriladi. Fermentatsiya jarayonidan keyin kultural suyuqlik 1 ml ida 10 mlrd. hujayra titri saqlaydi. Fermentatsiya jarayoni tugallangandan sо‘ng kultural suyuqlik separatorga uzatiladi. Biomassa 70-80% namlikdagi pasta kо‘rinishida olinadi. Quritishdan oldin pasta, 20% melassa va 1% tiomochevina saqlovchi himoya muhiti bilan aralashtiriladi. Biomassani sublimatsion quritish – 30-35 O C haroratda, sekinlik bilan beriladigan 10-13 kPa bosim vakuum ostida amalga oshiriladi. Quritilgan biomassa qо‘shimchalar (bentonint, kaolin va torf kabi) bilan shunday aralashtiriladiki, natijada 1 g. preparat 9- 10 mlrd. tuganak bakteriyalar saqlashi lozim. Quruq nitragin preparati polietilen qopchalarga joylanib, germetik berkitiladi va harorati 15 O C dan yuqori bо‘lmagan joylarda saqlanadi. Dukkakli о‘simliklar urug‘i yerga ekilmasdan nitragin preparati bilan bevosita ishlov beriladi. Bunday ishlov berish natijasida ildizdagi tuganaklar va shu bilan bir vaqtning о‘zida о‘simlikda azot miqdori oshib hosildorlikning yuqori bо‘lishini ta’minlaydi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling