Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

 
29-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 
VIRUSLAR, BAKTERIYALAR VA ZAMBURUG‘LAR ASOSIDA 
OLINADIGAN ENTOMOPATOGEN PREPARATLAR 
Hamma entomopatogen preparatlar ichida virusli preparatlar xо‘jayin hasharotga 
nisbatan о‘zining о‘ta spetsifikligi bilan xarakterlanadi. Ular odatda bir turdagi 
hasharotlargagina ta’sir kо‘rsatadi. 
Ularning bu yaqqol tor doiradagi ta’sirining о‘zi bu preparatlarning inson, flora va 
fauna uchun bezararligini kо‘rsatadi. Viruslar о‘zlarining noqulay tashqi ta’sirlariga 
(harorat, namlik) о‘ta chidamli bо‘lib, ular hasharotlardan tashqi holatda ham 10-15 
yilgacha о‘z ta’sir kuchini yо‘qotmaydi. 
Hasharotning viruslar bilan kasallanishi ularning ovqatlanishi orqali yuz beradi. 
Hasharot ichaklariga tushgan virusli tanacha ishqorli pN da parchalanishni boshlaydi. 
Erkinlikka chiqqan virionlar ichak devorlari orqali hujayralarga о‘tib, yadrolarda 
viruslar replikatsiyasi ro‘y beradi. Bо‘sh viruslar boshqa hujayralarni ham zararlay 
boshlaydi va oqibatda hasharotlar lichinkalarining nobud bо‘lishiga olib keladi. 
Viruslarning farqlanuvchi belgilari shuki, ular faqatgina tirik tо‘qimalardagini kо‘paya 
oladi. Bu esa о‘z navbatida sanoat miqyosida virusli entomopatogen preparatlarni ishlab 
chiqarishda bir muncha qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki viruslarni kо‘paytirish 


texnologiyasi jarayonida faqatgina tirik xо‘jayin-hasharotlardan foydalanishi talab 
etiladi. 
Har qanday virusli preparatni ishlab chiqarish xо‘jayin-hasharotni ularning 
fiziologik sog‘lomligini ta’minlovchi sun’iy oziqa muhitida о‘stirishdan boshlanadi. 
Ma’lum bir rivojlanish fazasida (odatda qо‘ng‘iz davrida) hasharotlar ovqatiga virusli 
suspenziya qо‘shish yо‘li bilan ular zararlantiriladi. Buning uchun inokulyat oldindan 
bir qancha kasallangan lichinkalardan olib tayyorlanadi. 
Hashoratlar zararlangandan sо‘ng uning tо‘qimasida maksimal viruslar 
tо‘planishini ta’minlovchi qat’iy aniq sharoitda saqlanadi. 7-9 kundan keyin nobud 
bо‘lgan va chalajon lichinkalar yig‘iladi, 33-35
O
C da ular quritiladi, mexanik usulda 
tо‘qimalar yig‘indisi - tana maydalanadi. 
Olingan massaga fiziologik eritma yoki distillangan suv 1 qо‘ng‘izga 1 ml 
hisobida qо‘yiladi, maydalanib suyultirilgan tо‘qima filtrlanadi. Ishlab chiqarish 
preparati virin - EKS poliedralari filtratni sentrafigura usulida chо‘ktirib olinadi. 
Chо‘kma minimal miqdorda distillangan suvda suyultiriladi va 1 ml dan 1 mlrd. gacha 
poliedrlar titri bо‘lguncha sterillangan glitserin qо‘shiladi. Tayyor preparat flakonlarga 
bir yoki bir necha gektarga yetarli miqdordagi meyorda joylanadi. Ushbu texnologiya 
inokulyat sarfi bilan taqqoslanganda poliedrlar miqdorini 5-10 ming marta oshirish 
imkoniyatini beradi. Bitta qо‘ng‘izda о‘rtacha 36 mlrd.gacha poliedrlar uning quruqmas 
og‘irligining 30% ini tashkil etuvchi 36 mlrd.gacha poliedrlar olish imkoniyati mavjud. 
Ishlab chiqarishda virin-ENSH preparati filtratiga laktoza qо‘shiladi aralashtirilgandan 
sо‘ng suspenziya hajmining 4:1 nisbatida atseton qо‘shiladi. 
Tindirilgandan sо‘ng ustki qism suyuqligi tо‘kiladi chо‘kma esa atseton tо‘liq 
uchib ketguncha quritiladi. Tayyor preparat formasini tayyorlashda quruq chо‘kma 
qо‘shimchalar - kaolin yoki bentonitga 1 grammlari 1 mlrd. poliedrlar titrini olishgacha 
aralashtiriladi. Preparatning yog‘li formasi chо‘kmani dastlab steril 50% li glitserin 
eritmasida 1 ml da poliedrlar titri 2 mlrd. - bо‘lguncha despirgirlash yо‘li bilan 
tayyorlanadi, keyin steril holda solyar moyi hajmi miqdorida qо‘shiladi, aralashtiriladi 
va flakonlarga qо‘yiladi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling