Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1788289
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Agrobiotexnologiya lab yangi

megaterium var. phosphaticum morfologik xususiyatiga kо‘ra kichik, grammmusbat
aerob spora hosil qiluvchi tayoqchalari о‘lchami (1,8-2,0)x(5-6) mkm bо‘ladi. Hujayra 
katta miqdorda fosfor birikmalarini saqlaydi. Bu hujayralar dastlab harakatchan bitta 
tayoqcha bо‘lib rivojlanishi oxirida 0,7x1,2 mkm о‘lchamdagi endosporalar hosil qiladi. 
Bu mikroorganizm asosida olinadigan preparat asosan sporadan tashkil topadi, 
shuning uchun ham о‘stirish texnologiyasi ham spora hosil qilishga qaratilgandir. Biroq 
fosfobakterin ishlab chiqarish texnologiyasi nitragin, azotobakterin kabi preparatlar 
ishlab chiqarish texnologiyasidan kam farq qiladi. 
FOSFOBAKTERIN OLISH TEXNOLOGIYASI 
Bacillus megaterium var. phosphaticum kulturasi barcha bosqichlarini sanoat 
asosida о‘stirish, suyuq oziqa ichiga ekish orqali amalga oshiriladi. 
О‘stirish fermentyorda qat’iy aseptik sharoitda, doimiy aralashtirish va spora hosil 
qilish jarayonigacha aeratsiyada olib boriladi. Jarayonning asosiy kо‘rsatkichlari: 
harorat 28-30
O
C, muhit rN 6,5-7,5, о‘stirish davomiyligi 1,5-2 kun. 
Birinchi oziqa muhitida о‘stirilganda tayyor kultural suyuqlikda hujayra titri 1 ml. 
da 2,7-3 mlrd. spora, 2-oziqa muhitida esa 1 ml. da 4,3 mlrd. sporani tashkil etadi. 
О‘stirib olingan hujayra biomassasi sentrifugalash orqali alohidalanib, purkab 
quritgich moslamada 65-70
O
C haroratda 2-3% namlik qolguncha quritiladi. Quritilgan 
sporalar qо‘shimcha (kaolin) bilan aralashtiriladi. Bu usulda tayyorlangan preparat 1 
grammida 8 mlrd. dan kam bо‘lmagan hujayralarni saqlaydi. Ular 50-500 g. dan 
namlikni 
saqlab 
turadigan, 
germetik 
qopchalarga 
joylanadi. 
Fosfobakterin, 


azotobakterin va nitragindan saqlashga bо‘lgan chidamliligi bilan farqlanadi. Bular 1 yil 
saqlangandan sо‘ng hujayraning hayotchanligini yо‘qotishi 20% dan oshmaydi. 
Sanoat asosida fosfobakterin ishlab chiqarishda shunday omil borki, bu bakterial 
о‘g‘it olishda kulturaning fagolizisi va о‘smaydigan sporalar hosil bо‘lishiga sabab 
bо‘ladi. 
Kulturalar fagolizisi shu bilan izohlanadiki, bir tomondan Bacillus megaterium 
shtammlari bakteriofaglar ta’siriga juda sezgir va fagolizis natijasida zararlangan 
kultura nobud bо‘ladi, ikkinchi tomondan esa dastlabki kultura о‘ziga о‘zi mutagen 
hisoblanadi ya’ni о‘zida ma’lum sharoitda faollashadigan profag saqlaydi. 
Kompleks korxonalarda fagolizisga qarshi kurashish uchun ishlab chiqarishning 
barcha bosqichlarida о‘stirishning aseptik sharoitini ushlab turish, fagga chidamli 
shtammlarni saralash va seleksiya qilish hamda kulturaning о‘sishiga ta’sir qilmaydigan 
miqdorda organik kislotalar tuzini oziqaga qо‘shish (odatda 0,075-0,1% atrofida) kabi 
chora tadbirlar qо‘llaniladi. 
О‘simlik urug‘ini preparat bilan ishlov berishda mexanik usuldan foydalaniladi, 
bunda fosfobakterin va qо‘shimcha nisbati 1:40 ni tashkil etadi. Kartoshka tuganagiga 
mо‘tadil ishlov berilishi uchun esa 15 g. preparat 15 l. suvda suyultiriladi. Bu miqdor 1 
gektar yerga yetadigan ekish materialiga sarflanadi. 
Fosfobakterin qо‘llanilishi hosildorlikni 10% va undan ham ortiqroq oshiradi. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling