Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Agrobiotexnologiya lab yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fosfobakterin - Bacillus megaterium var. phosphaticum
Azotobakterin — preparati о‘zida atmosferadan azot о‘zlashtirish qobiliyatiga ega
bо‘lgan tuproq mikroorganizmlaridan biri Azotobacter chroococcum kulturasini saqlaydi. Azotobacter bakteriyasi aerob va sporasiz bо‘lib tuproqda erkin yashaydi. О‘g‘it sifatida ushbu bakteriya tuproqda tо‘planganda tuproqqa biologik faol moddalar (nikotin va pantoten kislotalar, piridoksin, biotin, geteroauksin, gibberlin va boshqalar), о‘simlik о‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi moddalar, shuningdek, anisomitsin guruhidan fungitsidli moddalar hosil qiladi, ular esa ba’zi bir о‘simlik rizosferasidagi zararli Azotobakterning barcha turlar - qat’iy aeroblardir. Bu mikroorganizmlar oziqa muhitidagi organik va noorganik birikmalar kо‘rinishidagi fosforga о‘ta sezgir bо‘lib, uning yuqori miqdori oziqada mavjud bо‘lsa juda yaxshi rivojlanadi. Fosfor yetishmaganda ularning azot о‘zlashtirish qobiliyati va rivojlanishi keskin susayadi. Azotobakterlarning kо‘pchilik turlari esa muhitda azot mavjud bо‘lgandagina azot о‘zlashtirish xususiyatlarini namayon qiladilar. Kulturalarning azot о‘zlashtirish qobiliyatini ammiak pasaytiradi, ammo molibden birikmalari va ba’zan vanadiy esa oshishiga ta’sir kо‘rsatadi. Mikrobiologik sanoat asosida azotobakterning bir necha turlari ishlab chiqariladi: quruq, tuproqli va torfli. Fosfobakterin - Bacillus megaterium var. phosphaticum mikroorganizmi sporalarini saqlovchi bakterial о‘g‘itdir. Bu bakteriyalar murakkab fosfooorganik birikmalar (nuklein kislotalar, nukleoproteidlar va x.k.) va qiyin о‘zlashtiriladigan mineral fosfatlar (pirofosfatlar, polifosfatlar)ni о‘simlik о‘zlashtirishiga qulay holatga aylantirib berish xususiyatiga egadir. Bundan tashqari, biologik faol moddalar ishlab chiqaradilar (tiamin, piridoksin, biotin, pantoten va nikotin kislotalar, V 12 -vitamini va x.k.), bular esa о‘simliklar о‘sishini boshqarishda, ayniqsa dastlabki о‘sish bosqichlarida katta ahamiyat kasb etadi. Fosfobakterin fosfor о‘g‘itlari о‘rnini egallamaydi va ularsiz ta’sir ham etmaydi. Preparatning asosiy samaradorlgi о‘stirish xususiyati bilan belgilanadi. Bacillus Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling